sonli “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari bo’yicha
respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron
savdolarda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bo’yicha tovarlar ro’yxatini
aniqlash hamda kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar
158
bo’yicha tovarlar (ish, xizmat) guruhiga o’rnatilgan minimal ulushlar (kvota)
miqdorini belgilab borish va boshqa vazifalar topshirilgan.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo
birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron savdolarda amalga oshiriladigan
davlat xaridlari bo’yicha tovarlar ro’yxati, kichik biznes sub’ektlari tomonidan
amalga oshiriladigan xaridlar bo’yicha tovarlar (ish, xizmat) guruhi va ularga
o’rnatilgan minimal ulushlar (kvota) miqdori to’g’risida maxsus tasdiqlangan
jamlanma jadvalga muvofiq xarajatlarni amalga oshirishlari talab qilinadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar 2011yilning 1 aprelidan boshlab yuqoridagi qaror
bilan tasdiqlangan markazlashgan mablag’lar hisobiga davlat ehtiyojlari uchun
to’liq (100 foiz miqdorda) kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga
oshiriladigan xaridlar bo’yicha tovarlar (ish, xizmat) guruhiga (PQ-1475-sonli
qarorning 3-ilovasi) muvofiq faqatgina kichik biznes sub’ektlari bilan
shartnomalar imzolashlari mumkin.
Shuningdek, byudjetdan mablag’ oluvchilar 2011 yilning 1 aprelidan
boshlab Hukumat komissiyasining 2011 yil 15 fevraldagi 1-sonli yig’ilish
bayonnomasining
1
2- ilovasiga muvofiq kichik biznes sub’ektlari tomonidan
amalga oshiriladigan tovar(ish, xizmat)lar bo’yicha davlat xaridlarini ularga
o’rnatilgan eng kam ulushlar (kvota) miqdorlaridan kam bo’lmagan tarzda kichik
biznes sub’ektlari orqali amalga oshirishlari lozim.
Byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar to’liq (100 foiz miqdorda) kichik
biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar bo’yicha maxsus
axborot portaliga savdo o’tkazish yoki elektron savdo o’tkazish to’g’risida
e’lonlarni joylashtirishda, e’lon shartida faqatgina kichik biznes sub’ekti
qatnashishi mumkinligini ko’rsatib o’tishlari lozim. Bunda, portalning axborot
bazasida tegishli ma’lumotlar bo’lmagan hollarda, tovar (ish, xizmat) etkazib
beruvchilar byudjetdan mablag’ oluvchilarga ushbu e’lonlar bo’yicha savdoda
qatnashish uchun tegishli statistika yoki soliq organlari tomonidan tasdiqlangan
tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchining kichik biznes sub’ektiga kirishi
to’g’risidagi ma’lumotni taqdim qilishlari lozim. O’zbekiston respublika tovar
xom-ashyo birjasi va uning hududiy bo’linmalari to’liq (100 foiz miqdorda)
kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar bo’yicha
maxsus axborot portaliga joylashtirilgan talabnomalar bo’yicha elektron
savdolarda faqat kichik biznes sub’ektlari ishtirok etishlarini ta’minlaydi.
G’aznachilik organlarining yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va
narxlar monitoringi bo’limi xodimlari byudjetdan mablag’ oluvchilar taqdim
qilgan faqat to’liq (100 foiz miqdorda) kichik biznes sub’ektlari tomonidan
amalga oshiriladigan xaridlar bo’yicha tuzilgan shartnomalarni “G’aznachilik”
dasturiy majmuida ro’yxatga olishda tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchini kichik
biznes sub’ektiga kirish yoki kirmasligini nazorat qiladi. Bunda, g’aznachilik
1
www.treasury.uz
159
organlarining yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va narxlar monitoringi
bo’limi xodimi byudjetdan mablag’ oluvchilarning yuqoridagi shartnomalarini
“G’aznachilik” dasturiy majmuiga kiritishda, tovar (ish, xizmat) etkazib
beruvchini kiritishda, uning kichik biznes sub’ektiga kirishini ushbu dasturiy
majmuada ko’rgandan so’ng oxirigacha rasmiylashtiradilar. Aks holda, ushbu
shartnomalarni g’aznachilik bo’linmalari tomonidan byudjetdan mablag’
oluvchiga ro’yxatdan o’tkazilmasdan qaytariladi. Shuningdek, byudjetdan
mablag’ oluvchilar kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan
tovarlarga (ish, xizmat) o’rnatilgan eng kam ulushlarga (kvota) muvofiq
xarajatlarni amalga oshirishlarini monitoring qilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: