10-MAVZU.
G’AZNACHILIK FAOLIYATI NAZORATI
Reja:
1.
Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazoratining tutgan
o’rni
2.
G’aznachilikda xarajatlar smetalarini ro’yxatga olish asosida
nazoratni tashkil etish
3.
G’aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish
4.
G’aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
1.
Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazoratining tutgan
o’rni
G’aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga mos holda
davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan tashkiliy-huquqiy
munosabatlarning yig’indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat budjetining
daromad va xarajatlari bo’yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli,
O’zbekiston sharoitda davlat moliyasini boshqarishning markazidan o’rin
egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining milliy G’aznachiligi tizimi Davlat budjetining
G’azna ijrosi jarayonida budjet mablag’larini maqsadli va samarali sarflanishini
ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratni
shakllanishiga bir qator omillar sabab bo’lgan. Birinchidan, resurslarni
cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan,
moliyaviy mablag’lar qanchalik oqilona sarflansa korxona ixtiyorida aylanma
mablag’lar ko’payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya
hajmini ko’paytirish imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa investitsiya jalb
etilgan taqdirda investorga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni sifati
ta’minlanadi
.
1
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim
hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq
hisoblanadi: budjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo’jalik(tadbirkorlik, tijorat)
nazorati , mustaqil audit
2
(1-rasm).
1
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
2
Ibragimov A., Sugirbaev B. Budjet nazorati va auditi, o’quv qo’llanma, T.2010, infoCOM.UZ
166
Davlatimizning milliy me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda
ichki nazorat to’g’risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir
tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
Albatta xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda va davlat budjetidan mablag’ oluvchilarda
ichki nazorat tizimi har xil bo’lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu -
moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan hol
da maqsadga
erishishdir.
Ichki nazorat tizimi
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob
hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish
va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va o’z vaqtida ishonchli
moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar,
usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisidir. G’aznachilik ijrosi
davomida byudet mablag’larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar
doirasida ishlatilishining
dastlabki va joriy nazorati
– yuridik va moliyaviy
majburiyatlarning majburan g’aznachilik bo’linmalarida shakllantirilishi asosida
amalga oshiriladi.
Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar
mavjud. Xususan SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission)
tavsiyalarida ichki nazoratni shunday ta’riflagan - “Ichki nazorat bu – tashkilot
oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi
tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan
jarayon”
1
.
Yana shunday ta’rif keltiriladiki,
ichki nazorat – bu direktorlar kengashi,
menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga
qaratilgan jarayon bo’lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning
ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya
etish kabi kategoriyalarga yo’naltiriladi
2
.
Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti,
risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda
monitoring qayd etilgan.
G’aznachilik bo’linmalarida ichki nazoratni tuzilmalarini shakllantirish va
amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan
maqsad, vazifa va funktsiyalar ham asos hisoblanadi.
G’aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo’linma faoliyati
samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g’aznachilik operatsiyalarini amalga
oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini
ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato
1
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
2
Akperov I.G. i dr. Kaznacheyskaya sistema ispolneniya budjeta v Rossiyskoy Federatsii: Uchebnoe
posobie. I.A.Konopleva, S.P.Golovach. – M.: Finansi i statistika, 2007. – 352str
167
va kamchiliklarni oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya
hisobini yuritilishiga va hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo’naltirilgan monitoring,
jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G’aznachilik tizimida ichki
nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat budjeti mablag’laridan samarali va
tejab foydalanish, g’aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday
ko’rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat
yaratadi.
Mamlakatda budjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali
boshqarish asosiy masala hisoblanadi.
Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy
natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali bir ob’ektga
maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo’ladi. Inson faoliyatining barcha
sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni
taalluqlidir
1
.
Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo’g’inlarining iqtisodiy
faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish
maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi.
2-rasm. Davlat moliyaviy nazorati mexanizmi
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati
subyektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati obyekti – bu , budjet ttizimi
budjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import
bo’yicha biror-bir imtiyozlardir.
1
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
Nazorat sub’ekti
Nazorat tamoyillari
Nazorat texnologiyasi
Nazorat usullari
Nazorat ob’ekti
to’g’risida ma’lumot
bazasi
Nazorat ob’ekti
Nazorat predmeti
168
Budjet kodeksiga asosan
G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy
nazoratini
1
:
o
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan Davlat budjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari budjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan
shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida
hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat
qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
o
xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda
tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari
oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni
(ishlarni,
xizmatlarni)
etkazib
beruvchilarning
hisobvaraqlariga
to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya
etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |