4.
Budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish
ruxsatnomalari
G’aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi
va ko’p qirraligi shundaki, g’aznachilik faoliyatini joriy qilishda zamonaviy
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa budjet ijrosi
jarayonida nafaqat bank tizimini bog’laydi. Balki, bu jarayonlarda turli darajadagi
moliya organlari, budjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari,
budjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o’zaro aloqasi
o’rnatiladi.
G’aznachilikning axborot tizimi har bir budjet tashkiloti bo’yicha uning
xarajatlari va tushumlari to’g’risida doim tezkor ma’lumot olishga imkon
beradi. G’aznachilik budjetning ijrosi jarayonini yaxshilaydi, yuqori boshqaruv
organlarini budjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi.
G’aznachilikda budjet tashkilotlari kelgusida to’lov xabarnomalarini
banklarga to’g’ridan-to’g’ri berish o’rniga g’azna bo’limlariga nazorat uchun
jo’natiladi, g’azna nazorati faqat muvofiqlashtiruvchi nazorat bo’ladi, g’azna
mazkur to’lovni amalga oshirish uchun haqiqatda to’lov xabarnomasi to’g’ri
asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi. Budjet tasnifi bo’yicha
kassa hisoboti g’azna tomonidan amalga oshiriladi. Banklar solishtirish uchun
operatsiyalar bo’yicha har kuni hisobot berib boradi. Shartnomaviy
majburiyatlar va solishtirish natijalarini g’azna jurnallarida ro’yxatdan o’tkazilib
boriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun G’aznachilikda yoki uning
hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan ko’chirmalar,
ularning
xarajatlarini
qoplashga
budjet
mablag’lari
o’tkazilganligini
tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar
bo’yicha tegishli budjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi. Moliya
organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori budjetlarda nazarda tutilgan rejali
dotatsiyalar, subventsiyalar, budjet ssudalari summasini va boshqa to’lovlarni
quyi budjetlarning g’aznachilik hisob raqamlariga o’tkazadi. Budjet tashkilotlari
va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar
doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida
shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi. Budjet tashkilotlarini, mudofaa va
xavfsizlik
tuzilmalarini
moliyalashtirishga
yo’naltiriladigan
budjet
mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi,
bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini,
ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimi qoidalariga ko’ra,
vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi.
Schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar
ko’rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki budjetdan mablag’ oluvchilarga soliqlar,
yig’imlar hamda budjetga va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalariga
majburiy to’lovlar uchun budjet mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan
boshqa hujjatlar asosida budjet mablag’i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari
hisobini yuritadi.
91
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, “Rossiya Federatsiyasida
ayrim holatlarda (davlat boshqaruv organlari va mas’ul shaxslarning noqonuniy
qarorlari asosida yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilganligi uchun budjetdan
kompensatsiya berish to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa) budjet hisobraqamlaridan
G’aznachilik Departamenti ruxsatnomalarisiz xarajatlar uchun mablag’larni
o’tkazishga ruxsat beriladi»
1
.
G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish budjet mablag’lari oluvchilarning
yuridik majburiyatlari asosida moliyaviy majburiyatlarni bajarilishi deb
tushuniladi.
Hozirgi kunda respublikamiz barcha hududlarida Hududiy g’azna hisob
raqami ochilgan bo’lib, g’aznachilik tizimining joriy etilishi bilan mahalliy
budjetlarda bo’ladigan kassa uzilishlarni oldi olinmoqda, bu bilan mablag’larning
o’z vaqtida va manzilli moliyalashtirish ta’minlanmoqda, amalga oshirilgan
xarajatlar va daromadlar to’g’risida tezkor axborot olinmoqda. G’aznachilik
organlari budjet tashkilotlari va oluvchilar uchun muhim rol o’ynaydi. Budjetdan
mablag’ oluvchilar tasdiqlangan tartibda g’aznachilik organlarida shaxsiy hisobvaraq
ochadilar, bu hisoblarda davlat budjeti tomonidan ajratilgan mablag’ saqlanadi.
Davlat budjetning barcha xarajatlari har bir budjet oluvchi uchun o’zining
qat’iy yo’nalishiga ega. Bu yo’nalish budjet tasnifi kodlariga ega: bob, bo’lim,
bo’linma, maqsadli bo’linma, xarajat turi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir
budjet oluvchiga bir necha shaxsiy hisob raqami ochiladi. Har bir hisob raqam
bo’yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo’nalish beriladi. G’aznachilikda
budjetdan mablag’ oluvchilarning budjet mablag’laridan qonunga muvofiq
maqsadli foydalanishi ustidan yakuniy nazoratni Moliya vazirligining Nazorat-
taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari amalga oshiradi.
Budjetdan mablag’ oluvchilarning raxbari va bosh buxgalteri qonunga muvofiq
to’g’ri rasmiylashtirganlik, etkazib beruvchilar bilan shartnomalar asosliligi,
tovarlar etkazib berilishini va etkazib beruvchilardan qarz mavjudligini
tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo’ladi.
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, g’aznachilik bo’linmalari zimmasiga
yuklatilgan eng asosiy vazifalar qatoriga budjetdan mablag’ oluvchilar
shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy
muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida mazkur
shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish, xarajatlar smetasi va ro’yxatga
olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovarlar
etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)larning bevosita hisob
raqamlariga budjetdan mablag’ oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i
bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi
ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash kiradi. Biroq budjetdan mablag’
1
Zolotareva A. Sovershenstvovanie protsedur razrabotki, utverjdeniya, ispolneniya i kontrolya za
ispolneniem Gosudarstvennogo byudjeta. Monografiya. Moskva. 2008. – S31.
92
oluvchining xarajatlar smetasida belgilangan mablag’ doirasida shartnoma
imzolanmaydigan va imzolanadigan yo’nalishlarda yuridik majburiyatlar qabul
qilingan yoki ushbu yuridik majburiyatlarning ikkinchi ko’rinishi yuzasidan
tovarlar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)lar taqdim qilgan
turli hisob-kitob hujjatlari asosida moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan
sharoitlarda to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’ tanqisligi muammosini
ko’pincha ushbu paytda tegishli mahalliy budjetda vaqtinchalik kassa uzilishlari
oqibatida etarli mablag’ bo’lmasligi omili keltirib chiqishi holati amaliyotda ko’p
kuzatilishi barchamizga ma’lum. Shu sababli budjetdan mablag’ oluvchining
xarajatlar smetasida belgilangan mablag’ doirasida shartnoma imzolanmaydigan
yoki imzolanadigan muayyan xarajat turining ma’lum bir davr (yil yoki oy)
uchun summasidan shu davr bo’yicha sarflanishi mumkin bo’lgan qismini
xarajatlar smetasidan emas, balki mahalliy budjet bo’yicha kutilayotgan
daromadlar prognozi asosidagi kassali rejalashtirishdan (soddaroq aytganda,
mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib oldindan belgilab qo’yish tartibi iqtisodiyotda
majburiyatlarning bajarilmay qolishi, xo’jalik aloqalari va to’lov intizomi
buzilishi, nizolar va ular asosida ortiqcha moliyaviy sanktsiyalar yuzaga kelishi,
shuningdek, debitorlik qarzlarini undira olmagan tomonning soliqlarni o’z
vaqtida to’lay olmaslik va boshqa masalalarda qiyinchiliklarga duchor bo’lishi
kabi bir qator salbiy holatlarning oldini oladi.
Davlat budjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning
asosiy maqsadi Davlat budjeti pul mablag’larini boshqarish uchun asoslangan
hisob-kitoblar ko’rinishida poydevor bo’lib xizmat qilish bo’lsa, o’z navbatida
Davlat budjeti pul mablag’larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan
iborat:
– budjetlarning daromadlar va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik kassa
uzilishlarini operativ bartaraf etish;
– budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar to’lovini o’z vaqtida amalga
oshirish;
– hududiy (respublika) g’azna hisobvaraqlari (
Do'stlaringiz bilan baham: |