7-MAVZU. YURIDIK MAJBURIYATLARNI RO’YXATGA OLISH
MEXANIZMI
Reja:
1. G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning
yuzaga kelishi
2. G ‘aznachilikda yuridik majburiyatlami ro‘yxatga olish
tartibi.
3. Yuridik majburiyatlarni shakllantirishning umumiy
qoidalari
1. G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga
kelishi
Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va so'nggi
nazorat shakllari mavjud. Agar budjet amaliyoti nuqtayi nazaridan
qaraydigan bo'lsak, dastlabki budjet nazorati turli (larajidagi budjetlar,
davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari loyihalarini tuzish, ko'rib chiqish,
tasdiqlash, budjet tashkilotiarining budjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar
smetasini hamda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetasini tuzish,
tasdiqlash va tegishli moliya organlarida belgilangan tartibda ro'yxatga
olish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi. Joriy nazorat
shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag'larning ajratilishida.
bevosita to'lovlaming amalga oshirilishida olib boriladi. Davlat budjeti
g'azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni
amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya
organlari bilan bir qatorda, g'aznachilik organlariga ham yuklatiladi.
(Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va
uning hududiy boshqarma va bo'limlari hamda boshqa vakolatli davlat
organlari tomonidan amalga oshiriladi.) Dastlabki va joriy moliyaviy
nazoratni amalga oshirish budjet tashkilotlari va budjetdan mablag'
oluvchilar majburiyatlarini hisobga olishlari taqozo etadi.
Amerikalik iqtisodchi Steven M.Bragg ning fikricha, g’aznachilik o’zida
bir qancha nazorat elementlarini jamlashi kerak, chunki g’aznachilik
95
operasiyalarida ko’plab naqd pul ishtirok etadi. Shuningdek, shartnoma
tuzilganda pul oqimi nazoratini g’aznachilik olib borishi kerak.
1
Majburiyat,odatda, yozma ravishda rasmiylashtiriladigan, so'zsiz
bajarilishi talab qilinuvchi va'da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra,
majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, ma’lum bir shaxs
(qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir
harakatlami amalga oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat
ko‘rsatish, pul to'lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu
kabiiarning amalga oshirilishini anglatadi.
Majburiyatlami qabul qilishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
- imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va
shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridiari b o
‘yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va
boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar;
- ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlami amalga
oshirish uchun qonuniy asos b o ‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar;
- jarimalar va sud qarorlariga asosan, penyalar to ‘lovini amalga
oshirish uchun asos b o ‘luvchi tegishli davlat vakolatli organiari
qarorlari;
- budjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar
bo‘yicha to'lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar.
Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas'ul shaxslar budjetdan mablag‘
oluvchilar va budjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat
berilgan boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi. G'aznachilikda o’rnatilgan
tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan
budjetdan mablag‘ oluvchi tashkiiot rahbarining buyrug‘i asosida
G'aznachilik bo'linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi.
G'aznachilik organlarida budjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas’ul
etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi
namunalari g'aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo
namunalari va muhr izi kartochkalari o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlami
ro'yxatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to'lovini
nazorat qiluvchi mutaxassisda saqlanadi.
1
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide . John Wiley & Sons, Inc. 2010 New
Jersey
96
G'aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik
majburiyat va moliyaviy majburiyat. Yuridik majburiyat budjetdan
mablag' oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib
beruvchilar o'rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda
G'aznachilikda ro'yxatdan u'tka/ilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik
majburiyatlami tegishli G'aznachilik organlarida majburiy ravishda
ro'yxatga olishdan ko'zlangan asosiy maqsad - budjet nazoratining
samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan
xarajatlaming tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko'rsatkichlaridan)
ortib ketishiga yo'l qo'ymaslik.Moliyaviy majburiyatlar - budjet
tashkilotlarida va budjetdan mablag' oluvchilarda ularga pul
mablag'larini o'tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu
jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo'lib,
ular qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to'lash uchun
berilgan ruxsatnomalar doirasida hisob varaq-fakturalari hamda moliyaviy
majburiyatlar mavjjdligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida
g'aznachilik bo'linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro'yxatdan
o'tkaziladi.
G’aznachilik ichki auditni ham amalga oshiradi. Ichki auditni amalga
oshirish
orqali
aniqlangan
muammolarnikelajakda
qaytarilmasligini
ta’minlaydi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |