bo’linmasi kassa rejasini yangilaydi va XAOR hajmini belgilaydi. So’ngra
muayyan muddatga yoziladi va shu muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini
ruxsat(XAOR)lari yozib beriladi. Biroq byudjet, prognozlashtirilganga nisbatan
kamroq daromad to’plasa, xarajatlarni to’liq hajmda amalga oshirishga ruxsat
berilmaydi. Shuning uchun yillik ajratmalar va smetalar aniqlashtirilmaguncha,
majburiyatlarning ro’yxatga olinishi, hisobvaraq-fakturalarning va to’lovga
arizalarning yozilishi, arizalarning tasdiqlanishi va to’lov amalga oshirilishi
nomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni
tasdiqlangan xarajatlar smetasi, shuningdek, kapital qo’yilmalar limitlari
119
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari uchun to’lovlar, Davlat
byudjetining g’azna ijrosi Qoidalarida (2007-sonli) ko’zda tutilgan tartib asosida
quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
-
to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma,
hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri
ko’rsatilganda;
-
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’yxatlari asosida va
tegishli ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan
byudjet mablag’lari summalari doirasida bo’lganda;
-
agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik
bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan
mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan
oshmaganda;
-
buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini
tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga
avans to’lovlarini o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;
-
to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari
shartnomada ko’rsatilgan pudratchining nomi hamda rekvizitlariga muvofiq
bo’lganda.
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan, avans to’lovlarining
to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan
g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida
amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi”
ustunida g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisobraqami”
ustunida - g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida - byudjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni
o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek, to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning maqsadi byudjet
tashkilotlarining kundalik faoliyatiga aralashish, ularning mablag’laridan
foydalanish
jarayonlarini
murakkablashtirish
emas,
balki
davlat
pul
mablag’larining samarali boshqarilishini ta’minlash, byudjet mablag’larining
harakatida operativlikni oshirish, mablag’larning maqsadli va aniq yo’nalishlarda
ishlatilishiga erishish va shu asosda byudjetning samarali ijrosini ta’minlashdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: