5
.
Xarajatlar smetasi 1- va 2- guruh xarajatlari bo’yicha to’lovlarni
amalga oshirish
Naqd pul mablag’lari berishda cheklarning ishlatilish tartibi va shartlari
qonunchilik orqali tartibga solinadi.
124
Naqd pul olish uchun chek daftarchalarini g’aznachilik bo’linmasi xizmat
ko’rsatuvchi bank filialidan ularni keyinchalik byudjetdan mablag’ oluvchilarga
tarqatish uchun oladi. Bunda, byudjetdan mablag’ oluvchilar g’aznachilik
bo’linmalariga byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbari va bosh hisobchisi
imzosi qo’yilgan ishonchnoma va so’rovnomalarni taqdim qiladi. Byudjetdan
mablag’ oluvchiga berilgan chek daftarining raqamlari uning g’aznachilik
bo’linmalaridagi imzo namunalari kartochkalariga yoziladi.
Moliya yili mobaynida o’rnatilgan tartibda ishlatilgan chek daftarchalari
byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan moliya yili yakunlangunga qadar
g’aznachilik bo’linmalariga qaytarilishi lozim.
Bunda, buzilgan (bekor qilingan) cheklar mavjud bo’lgan holatda,
byudjetdan mablag’ oluvchilar majburiy tartibda ularni ishlatilgan chek
daftarchalari bilan birga, ular mavjud bo’lmaganda (misol uchun, yo’qotilgan
holatda), ularning yo’qligi bo’yicha ko’rilgan tadbirlar va sabablari to’g’risida
g’aznachilik bo’linmalarini yozma xabardor qiladilar.
G’aznachilik bo’linmasining mas’ul xodimi ishlatilgan chek daftarchalarini
olgandan so’ng, ulardagi ma’lumotlarni G’aznachilik dasturiy majmuidagi oldin
to’langan summalar va cheklar soni to’g’risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Ishlatilgan cheklar bo’yicha ma’lumotlarda farqlar mavjud bo’lgan
hollarda, g’aznachilik bo’linmasi tomonidan buning sabablarini aniqlashtirish
uchun ro’yxat va unga etishmayotgan cheklarning chek daftarchalari raqami va
summalarini ko’rsatgan holda ilova tuziladi va byudjetdan mablag’ oluvchiga
taqdim qilinadi.
G’azna hisobvaraqlaridan naqd pul mablag’lari olish uchun chek – bu
g’aznachilik bo’linmasining ma’lum naqd pul summasini byudjetdan mablag’
oluvchiga berishga yozma topshirig’idir. Cheklar byudjetdan mablag’ oluvchilar
tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan qo’lda yoziladi. Cheklarga o’chirib
yozish, tuzatish, to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi. Faksimil ishlatilishiga yo’l
qo’yilmaydi. Cheklar o’n kun davomida (ularni yozib berilgan kundan tashqari)
haqiqiy hisoblanadi. Chek raqami imzo va muhr izi namunasi kartochkada
ro’yxatga olingan chek daftarchasi raqami va seriyalariga muvofiq bo’lishi lozim.
Pul cheklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga
muvofiq rasmiylashtiriladi.
Banklar tomonidan cheklar bo’yicha naqd pul mablag’larini berish ularda
imzo namunasi kartochkasida ko’rsatilgan imzo qo’yish huquqiga ega
g’aznachilik bo’linmasining mansabdor shaxslari imzosi va g’aznachilik
bo’linmasining muhri bilan tasdiqlanganligi mavjud bo’lganda amalga oshiriladi.
G’azna hisobvaraqlaridan mablag’lar berish uchun cheklarga g’aznachilik
bo’linmasi rahbari va mas’ul xodimining imzosi va g’aznachilik bo’linmasining
muhri qo’yiladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarga beriladigan cheklarda faqat
nomi ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Nomi ko’rsatilgan cheklar bo’yicha naqd
125
pullar faqat chekda ko’rsatilgan shaxsga beriladi. Nomi ko’rsatilgan cheklar
bo’yicha byudjetdan mablag’ oluvchining bosh hisobchisiga naqd pul berilishiga
yo’l qo’yilmaydi. G’aznachilik bo’linmasi pul cheklarining orqa tomonidagi
summalar maqsadini tekshirishi lozim. Pul cheklarining orqa tomonidagi to’lov
maqsadlari to’g’risidagi ma’lumot g’aznachilik bo’linmasining imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar,
shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga
g’aznachilik bo’linmasiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasidagi shaklga muvofiq,
byudjetdan mablag’ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi bilan, ikki
nusxada ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, shuningdek xizmat safari
xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga so’rovnoma va unga
to’ldirilgan chek ilova qilingan holda taqdim qiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar naqd pul olish uchun moddiy javobgar shaxs
(kassir)ga berilgan ishonchnomani g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladilar.
Naqd pul berilganidan so’ng reestrning ikkinchi nusxasi (kassa chiqim
jurnali) chek ijro etilganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan holda bank ko’chirmasi
bilan birga tegishli g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi. G’aznachilik bo’linmasi
bank ko’chirmasi, reestr va chek milkiga asosan tegishli shaxsiy hisobvaraqda
belgi qo’yadi va byudjet tashkilotiga uning shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma
beradi, shu bilan birga byudjet tashkiloti buxgalteriyasida keyingi hisoblarni
yuritish uchun ish xaqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, xizmat safari
xarajatlarini to’lash uchun berilgan so’rovnomaning ikkinchi nusxasiga
“TO’LANDI” belgisini qo’yib byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytaradi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi pul mablag’larini xarajatlar smetasida nazarda
tutilgan summadan oshmagan, umumiy summaga yozilgan bir nechta chek bilan
olish huquqiga ega. Buning uchun ular tomonidan xizmat ko’rsatuvchi
g’aznachilik bo’linmasiga tegishli summaga so’rovnomalar taqdim etiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar naqd pul mablag’larini olish uchun
cheklarni ularning so’rovnomalarida ko’rsatilgan qat’iy summalarga va umumiy
summasi xarajatlar smetasining tegishli limitidan oshmagan summalarga yozib
beradilar.
Byudjetdan mablag’ oluvchining ishonchli shaxsi tomonidan chek markasi
yo’qotilgan hollarda, chek markasi yo’qotilganligi aniqlangan kuni tegishli
g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchi rahbari va bosh hisobchisi
tomonidan imzolangan bildirishnoma-xat taqdim etiladi. G’aznachilik bo’linmasi
ushbu bildirishnoma-xat asosida tegishli bankga to’lanmagan chekni chaqirib
olish to’g’risida xat bilan murojat qiladi. Cheklar reestri chaqirib olingan chek
summasini ayirgan holda ijro qilinadi.
126
Cheklarning yo’qotilishi va o’g’irlanishi, shuningdek chekni hamda nazorat
markalarini olish uchun vakolatli shaxslar tomonidan o’z mansabini suistemol
qilish natijasida etkazilgan zararlar bo’yicha javobgarlik byudjetdan mablag’
oluvchilarning mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga yuklanadi.
Olingan chek daftarchalari byudjetdan mablag’ oluvchilarda saqlanadi va
cheklarni qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash va ishlatish bo’yicha
javobgarlik byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilariga
yuklanadi.
G’aznachilik bo’linmalarining moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va
to’lovlarni amalga oshirish bo’limi (guruhi) mas’ul xodimlari to’lov uchun
so’rovnoma va boshqa hujjatlarni qabul qilishda ushbu hujjatlarning ikkinchi
nusxasiga hujjatlarni qabul qilganligi to’g’risida o’z imzolarini qo’yadi va ular
qabul qilingan sanani ko’rsatgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli
xodimiga qaytaradi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvarag’laridan operatsiyalar
amalga oshirilishi
bo’yicha g’aznachilik
bo’linmalarining
moliyaviy
majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish bo’limi (guruhi)
mas’ul xodimlari byudjetdan mablag’ oluvchilarga ularning shaxsiy
hisobvarag’laridan ko’chirmalarni beradilar hamda ularni Byudjetdan mablag’
oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlardan berilgan ko’chirmalarni ro’yxatga olish
jurnalida ro’yxatga oladi. Byudjetdan mablag’ oluvchining mas’ul xodimi
ko’chirmalarni olishda jurnalga ularni olganligi to’g’risida belgi qo’yadi.
G’aznachilik bo’linmalarining moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va
to’lovlarni amalga oshirish bo’limi (guruhi) mas’ul xodimlari Berilgan va
ishlatilgan cheklarni hisobga olish jurnalida berilgan va ishlatilgan cheklarning
ro’yxatini yuritadi
Do'stlaringiz bilan baham: |