5.
3-guruh xarajatlari va 4-guruh to’lovlarini amalga oshirish tartibi.
III guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul
qilinishi pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar
asosida amalga oshiriladi. G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini
o’tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma,
hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri
ko’rsatilganda;
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’xatlari asosida va tegishli
ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvarag’laridagi mavjud ajratilgan byudjet
mablag’lari summalari doirasida bo’lganda;
127
agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik
bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan
mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan
oshmaganda;
buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini
tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga
avans to’lovlarini o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;
to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari
shartnomada ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq
bo’lganda.
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining
to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan
g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida
amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi”
ustunida g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisob raqami”
ustunida – g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni
o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
To’lov topshiriqnomalari quyidagicha taqdim etiladi:
a) besh nusxada, agar g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank
filialida xizmat ko’rsatilsa. Buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari
tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining
birinchi nusxasi, buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun
so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi
g’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi,
g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna
hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Bank
filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining
uchinchi nusxasi mahsulot etkazib beruvchiga beriladi. Bank filialining
to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi
nusxasi g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa
xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining
“TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov
topshiriqnomasining beshinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining vakolatli xodimiga
beriladi.
b) to’rt nusxada, agar g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga har xil bank
filiallarida xizmat ko’rsatilsa. Buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari
tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining
128
birinchi nusxasi, buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun
so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi
g’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi,
g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna
hisobvarag’idan xarajatlar to’lovni amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Bank
filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining
uchinchi nusxasi g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va
g’aznachilik
bo’linmasiga
byudjetdan
mablag’
oluvchining
shaxsiy
hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik
bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov
topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining vakolatli xodimiga
beriladi.
v) uch nusxada agar g’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat
ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa.
Buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslar tomonidan imzolar qo’yilgan va
muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasi,
buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining
shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi
bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi g’aznachilik
bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va g’azna hisobvarag’idan xarajatlar
to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining
“TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov
topshiriqnomasining uchinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining vakolatli xodimiga
beriladi.
Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar mazkur Qoidalarning
talablariga muvofiq bo’lganda g’aznachilik bo’linmasining vakolatli xodimi
“TEKShIRILDI” belgisini, to’lov topshiriqnomasini birinchi nusxasining orqa
tomoniga to’lov topshiriqnomasining qabul qilingan sana va o’zining imzosini
qo’yadi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasining g’aznachilik
bo’linmasi boshlig’i va mas’ul shaxsining imzolari va g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng
amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmasiga g’aznachilik bo’linmasidagi mavjud imzo va
muhr izi namunalarini byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan,
g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni hisobdan chiqarish uchun bankka taqdim
qilinadigan hujjatlardagilar bilan solishtirish majburiyati yuklatiladi.
To’lov topshiriqnomalari bo’yicha g’azna hisobvarag’idan to’lovlarni amalga
oshirish uchun g’aznachilik bo’linmasi bankka to’lov topshiriqnomalarining
129
ikkinchi va uchinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida
xizmat ko’rsatilgan holda, to’rtinchi) nusxalarini taqdim qiladi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov o’tkazilgandan so’ng, to’lov
topshiriqnomasining ikkinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank
filialida xizmat ko’rsatilgan holda, uchinchi) nusxasi bankda qoladi, uchinchi
(g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan
holda, to’rtinchi) nusxasi bankning shtampi va mas’ul xodimining imzosi hamda
g’azna hisobvarag’idan ko’chirma bilan g’aznachilik bo’linmasiga beriladi.
G’aznachilik bo’linmasining tegishli xodimi byudjetdan mablag’
oluvchilarning tegishli shaxsiy hisobvaraqlarida belgi qo’ygandan so’ng,
byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma va to’lov
topshiriqnomasining to’rtinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank
filialida xizmat ko’rsatilgan holda, beshinchi) nusxasini g’aznachilik bo’linmasi
mas’ul xodimining belgisi bilan byudjetdan mablag’ oluvchiga (buyurtmachiga)
qaytariladi. Hisobvaraq-fakturalar yoki buyurtmachining pudratchi oldidagi
qarzining mavjudligini va ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar
g’aznachilik bo’linmalariga qo’shimcha davr tugashiga 5 ish kuni qolguniga
qadar
taqdim
qilinishi
lozim.
Boshqaruv
apparatini
saqlash
uchun
buyurtmachining bank hisobvarag’iga mablag’lar o’tkazilishi shartnomalar
tuzilmasdan manzilli va titul ro’yxatlarda va har bir ob’ekt bo’yicha shaxsiy
hisobvaraqlarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan summalar doirasida,
o’rnatilgan tartibda taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida, amalga
oshiriladi. Bunda, buyurtmachining boshqaruv apparatini saqlash uchun
o’tkaziladigan summa moliya organida o’rnatilgan tartibda ro’yxatga olingan
xarajatlar smetasida uni saqlash uchun nazarda tutilgan summadan oshmasligi
lozim.
IV guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot etkazib
beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar etkazib berilganligini (ishlar
bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, yoki
byudjetdan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchiga byudjet
(byudjetdan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi
lozimligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida qabul qilinadi.
G’aznachilik bo’linmasi byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov
topshiriqnomalari asosida g’azna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari bo’yicha
xarajatlarni byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarining tegishli
moddalarida nazarda tutilgan ajratilgan byudjet mablag’lari limitlari doirasida
amalga oshiradi.
Byudjetdan
mablag’
oluvchilarning
xarajatlari
to’lovi
to’lov
topshiriqnomalari bilan quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga
oshiriladi:
130
byudjetdan mablag’ oluvchilarning IV guruh xarajatlarining tegishli
moddalari bo’yicha byudjet mablag’lari qoldiqlari summalari doirasida;
agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik
bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga muvofiq to’lanishi lozim bo’lgan
pul mablag’lari summasidan oshmasa;
hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar etkazib berilganligini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo’lganda va byudjetdan mablag’
oluvchining mahsulot etkazib beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek
byudjetdan mablag’ oluvchini mahsulot etkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan
tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi lozimligini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida;
to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan mahsulot etkazib beruvchining,
shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomi va rekvizitlari shartnoma va
hisobvaraq-fakturada yoki tovar (ish, xizmat)lar etkazib berishni tasdiqlovchi
boshqa hujjatlarda mahsulot etkazib beruvchining, shuningdek byudjetdan
mablag’ oluvchilarning nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganida.
Etkazib berilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun xarajatlar to’lovi, shuningdek
avans to’lovlarini amalga oshirish uchun byudjetdan mablag’ oluvchilar
g’aznachilik bo’linmasiga o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov
topshiriqnomalarini quyidagicha taqdim qiladilar:
a) besh nusxada, agar g’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa. Byudjetdan mablag’
oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi
bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, byudjetdan
mablag’ oluvchining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining
shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi
bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi g’aznachilik
bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag’idan
xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Bank filialining
to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining uchinchi
nusxasi mahsulot etkazib beruvchiga beriladi. Bank filialining to’langanlik
to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi g’azna
hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga
byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks
ettirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi
bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov topshiriqnomasining beshinchi nusxasi
byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan
birgalikda byudjetdan mablag’ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi.
b) to’rt nusxada, agar g’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa. Byudjetdan mablag’
131
oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi
bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, byudjetdan
mablag’ oluvchining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining
shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi
bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi g’aznachilik
bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag’idan
xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Bank filialining
to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining uchinchi
nusxasi g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa
xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining
“TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov
topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda byudjetdan mablag’ oluvchining
vakolatli xodimiga beriladi.
v) uch nusxada agar g’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat
ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa.
Byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi
nusxasi, byudjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan
mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish
uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi
nusxasi g’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan
imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va g’azna
hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi.
G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana
qo’yilgan to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi byudjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda byudjetdan
mablag’ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi.
Bunda, to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi” ustunida
g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisob raqami” ustunida –
g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag’
oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami va byudjetdan mablag’ oluvchining nomi,
byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar,
shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar mazkur
Qoidalarning talablariga muvofiq bo’lganda, g’aznachilik bo’linmasining
vakolatli xodimi “TEKShIRILDI” belgisini, to’lov topshiriqnomasini birinchi
nusxasining orqa tomoniga to’lov topshiriqnomasi qabul qilingan sanani va
o’zining imzosini qo’yadi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini
g’aznachilik bo’linmasi boshlig’i va mas’ul shaxsining imzolari va g’aznachilik
132
bo’linmasining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng
amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmasiga g’aznachilik bo’linmasidagi mavjud imzo va
muhr izi namunalarini byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan,
g’azna hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish uchun bankka taqdim qilinadigan
hujjatlardagilar bilan solishtirish majburiyati yuklatiladi.
To’lov topshiriqnomalari bo’yicha g’azna hisobvarag’idan to’lovlar amalga
oshirish uchun g’aznachilik bo’linmasi bankka to’lov topshiriqnomalarining
ikkinchi va uchinchi (g’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib beruvchiga
bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan hollarda, to’rtinchi) nusxalarini (Bank-
mijoz dasturi ishlatilgandan tashqari holatlarda) taqdim qiladi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov o’tkazilgandan so’ng, to’lov
topshiriqnomasining ikkinchi (g’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan hollarda, uchinchi) nusxasi
bankda qoladi, uchinchi (g’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib beruvchiga
bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan hollarda, to’rtinchi) nusxasi bankning
shtampi va mas’ul xodimining imzosi bilan va g’azna hisobvarag’idan ko’chirma
g’aznachilik bo’linmasiga beriladi.
G’aznachilik bo’linmasining tegishli xodimi byudjetdan mablag’
oluvchilarning tegishli shaxsiy hisobvaraqlariga belgi qo’ygandan so’ng,
byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma va to’lov
topshiriqnomasining to’rtinchi (g’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan hollarda, beshinchi) nusxasi
g’aznachilik bo’linmasi mas’ul xodimining belgisi bilan byudjetdan mablag’
oluvchiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |