Buyurtmachilarning YaG’Hga mablag’ undirish bo’yicha inkasso
topshiriqnomalari va to’lov talabnomalarini ijro etish.
Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va to’lov talabnomalari
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi
nizom
(ro’yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va
g’aznachilik bo’linmasiga taqdim etiladi. Bunda inkasso topshiriqnomasi va
to’lov talabnomasining «Mablag’larni oluvchining nomi» ustunida «O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi», «Mablag’larni oluvchining
hisobvarag’i» ustunida — YaG’H, «To’lov maqsadida» ustunida — to’lov kodi,
buyurtmachining tegishli shaxsiy g’azna hisobvarag’i hamda inkasso
topshiriqnomasini yoki to’lov talabnomasini qo’yish uchun asos bo’lgan hujjatlar
rekviziti ko’rsatiladi.
Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar
bilan birgalikda xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalariga quyidagicha
taqdim etiladi:
-to’lovchiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko’rsatilganida
besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi
nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga inkasso topshiriqnomasini
qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining
ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining
vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining
muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi.
Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib,
YaG’Hga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi;
- bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g’aznachilik
bo’linmasi to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki
tumanda) joylashgan bo’lsa) to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso
topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga
inkasso topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso
topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi nusxalari g’aznachilik
bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to’lovchiga xizmat
ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to’rtinchi
nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank
87
buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan
holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi;
- hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g’aznachilik bo’linmasi
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda)
joylashgan bo’lsa) to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso
topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga
inkasso topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso
topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi nusxalari g’aznachilik
bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik
bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to’lovchiga xizmat
ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to’rtinchi
nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank
buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan
holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
Buyurtmachilar tomonidan to’lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan
birgalikda xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalariga quyidagicha taqdim
etiladi:
- to’lovchiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko’rsatilganida
to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi
nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga to’lov talabnomasini qo’yish
uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. To’lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi
va to’rtinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh
boshqarmasi
Hisob-kitob-kassa-markaziga
taqdim
etiladi.
To’lov
talabnomasining to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga
xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan
muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
- oluvchi va to’lovchiga turli banklarda xizmat ko’rsatilganida to’rt
nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi
nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga to’lov talabnomasini qo’yish
uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. To’lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi
va to’rtinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
hamda bevosita to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To’lov
talabnomasining to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga
xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan
muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
- G’aznachilik bo’linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron
88
tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga
inkasso topshiriqnomasini va to’lov talabnomasini qo’yish uchun topshirig’i
bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g’azna
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga
beriladi.
Keyingi yilning yanvar oyi
Do'stlaringiz bilan baham: |