4.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlari g’azna ijrosini tashkil etish
G’aznachilik organlari tomonidan «O’RMV» ATda daromadlar va xarajatlar
yoyilmasini shakllantirish, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar
smetalari va kelgusida ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritiladi.
Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari «O’RMV» ATga quyidagi
ma’lumotlarni kiritadi:
a) budjet mablag’lari bo’yicha:
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida
ro’yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli
moliya organlarida ro’yxatga olingan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari
oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida
ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli moliya organlarida
ro’yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o’zgartirishlar, shuningdek budjet
mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi budjet tashkilotlarining
ro’yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha
ma’lumotlarni;
b) budjet tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari jamg’armalari
bo’yicha — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha
daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga o’zgartirishlar bo’yicha
ma’lumotlarni.
84
Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalar taqsimlovchi
organlari «O’RMV» ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
xarajatlar smetalari ro’yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun
oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga
olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli
DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga olingan xarajatlar
smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni.
G’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan yuridik
majburiyatlar, shuningdek ularga o’zgartirish va qo’shimchalar ular g’aznachilik
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng kuchga kiradi. Bunda yuridik
majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar g’aznachilik
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan
kechiktirmay taqdim qilinadi.
Buyurtmachilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar to’lovi birinchi
navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari
to’lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan
tashqari). Tegishli budjetda I va II guruh xarajatlari to’lovi uchun zarur
mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, I va II guruh xarajatlarini
to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga
oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh bo’yicha mablag’larning sarflanishi belgilangan limitlar
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
- oziq-ovqat va dori-darmon;
- kommunal xizmatlar;
- yonilg’i va yoqilg’i-moylash materiallari;
- boshqa xarajatlar.
Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I
guruh to’lovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan
muddatlarda to’lanishi mumkin:
- pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
- etim bolalarga va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga
nafaqalar;
- natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari;
- yolg’iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari.
G’aznachilik bo’linmalari “Budjet tizimi budjetlari g’azna ijrosi
Qoidalari”da belgilangan muvofiq shakldagi to’lov topshiriqnomalari va g’azna
memorial orderlari asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
Bunda
«UzASBO»
DMga
ulangan
buyurtmachilar
to’lov
topshiriqnomalari
va
g’azna
memorial
orderlarini
qog’oz
shaklda
rasmiylashtirgandan so’ng ularni «UzASBO» DMga kiritadi va elektron raqamli
imzo bilan tasdiqlagan holda g’aznachilik bo’linmalariga elektron shaklini
yuboradi. «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda
g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron to’lov topshiriqnomalari va
85
g’azna memorial orderlarining qog’oz ko’rinishdagi asli g’aznachilik
bo’linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. To’lov
topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlarining qog’oz va elektron shaklda
rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to’g’riligi, o’zaro muvofiqligi va
aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Xarajatlarni to’lashga to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial
orderlari g’aznachilik bo’linmalariga to’lov amalga oshiriladigan sanadan kechi
bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron to’lov
topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlarini g’aznachilik bo’linmalariga
«UzASBO» DM orqali to’lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin.
Bunda
g’aznachilik
bo’linmalariga
taqdim
qilingan
to’lov
topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari o’n kun muddatgacha amal qiladi.
Buyurtmachilar g’aznachilik bo’linmalaridan tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridan ko’chirmalar va ularga ilovalarni oladi.
Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ko’chirmalarni
elektron hujjat ko’rinishida «UzASBO» DMdan oladi va elektron tarzda taqdim
qilingan ko’chirmalar buyurtmachilarga qog’oz ko’rinishida taqdim etilmaydi.
YaG’H bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari
oluvchilarni O’zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan ularning bank hisobvaraqlariga Qoidalarda
nazarda tutilgan shaklda Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi
tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan Budjet mablag’larini
o’tkazish (so’zsiz undirish) uchun so’rovnomaga asosan YaG’Hdan amalga
oshiriladi.
YaG’H orqali xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy
hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, budjet mablag’lari taqsimlovchilariga
va hududiy moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar
ko’rsatkichlarini tegishli hisobot davrida g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat ko’rsatuvchi
g’aznachilik bo’linmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari
to’g’ri bo’lganda ular belgilangan shakldagi shtamp qo’yilgan holda g’aznachilik
bo’linmalarining budjet hisobi bo’yicha vakolatli xodimlari tomonidan
imzolanadi.
Bunda «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan
holda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining
qog’oz ko’rinishdagi asli g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etilmaydi va
g’aznachilik bo’linmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron
moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning
to’g’riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Buyurtmachi rahbarining buyrug’i bilan g’aznachilik bo’linmasi bilan
ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan
mas’ul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrug’ining nusxasi
tegishli g’aznachilik bo’linmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim
qilinadi.
86
Budjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va
kreditlar olinishi, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar
tomonidan budjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobiga lizing shartnomalarini
tuzish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |