Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

Havo  bilan  sovitish.
  Havo  bilan  sovitishning  ikki  tizimi:  oqimli  va  berk 
tizimi mavjud. 
Oqimli  sovitish  tizimidan  kamdan-kam  va  faqat  quvvati  2  MVA  gacha 
boʻlgan  turbogeneratorlarda,  shuningdek  quvvati  4  MVA  gacha  boʻlgan 
gidrogeneratorlarda  qoʻllaniladi.  Bunda  generator  orqali  mashina  zalidagi  havo 
haydaladi, u stator va rotor chulg’amlarining izolyatsiyasini tez ifloslaydi, natijada 
generatorning xizmat qilish muddatini qisqartiradi. 
Berk  sovitish  tizimida  ma’lum  oʻzgarmas  hajmdagi  havo  berk  kontur 
boʻyicha aylanadi.  Bunday  sovitishda  havoning  aylanishi  turbogeneratorlar  uchun 
sxematik  ravishda  1.4  -  rasmda  koʻrsatilgan.  Havoni  sovitish  uchun  trubkalari 
orqali  suv  uzluksiz  aylanib  turadigan  havo  sovitgich  1  xizmat  qiladi.  Mashinada 
qizigan havo patrubka 2  orqali qizigan havo kamerasi  Z  ga chiqadi, soʻngra havo 
sovitgich  va  sovuq  havo  kamerasi  4  orqali  oʻtib  yana  mashinaga  qaytadi.  Sovuq 
havo mashinaga uning ichiga oʻrnatilgan ventilyator 5 yordamida haydaladi. Aktiv 
qismi  uzunligi  katta  boʻlgan  generatorlarda  sovuq  havo  mashinaning  ikki 
tomonidan yuboriladi.  
Aktiv qismi uzunligi haddan tashqari katta, havo  oralig’i esa kichik boʻlgan 
turbogeneratorlarni  sovitish  samaradorligini  orttirish  maqsadida  ventilyatsiyaning 
koʻp  oqimchali  radial  sistemasi  qoʻllaniladi.  Buning  uchun  turbogeneratorning 
sovitish tizimi vertikal tekisliklar 6 bilan qator seksiyalarga boʻlinadi. Havo har bir 
seksiyaga  havo  oralig’i  (I  va  III  seksiyalarda)  yoki  maxsus  oʻqiy  kanal  7  (II 
seksiyada) orqali kiradi. 


 
15 
Qizigan qismlarning sovituvchi 
havo  tegadigan  yuzalarini  orttirish 
uchun 
mashinaning 
aktiv 
poʻlatida(stator) 
ventilyatsion 
kanallar tizimi qilinadi. Qizigan havo 
poʻlatdagi 
radial 
ventilyatsion 
kanallardan 
oʻtib,  olib  ketuvchi 
kamera  8  ga  oʻtadi.  Koʻp  oqimchali 
ventilyatsiya 
turbogeneratorning 
butun  uzunligi  boʻyicha  bir  xil 
sovishini ta’minlaydi.  
Tashqariga  havoning  qisman  chiqishdan  hosil  boʻladigan  isrofni  toʻldirish 
uchun sovuq havo kamerasiga oʻrnatilgan qoʻshaloq moy filtr 9 orqali qoʻshimcha 
havo olish koʻzda tutilgan. 
Havo bilan bilvosita sovitishniig berk tizimli gidrogeneratorlarda ancha keng 
qoʻllaniladi. Gidrogeneratorning ventilyatsiya tizimi 1.5 – rasmda koʻrsatilgan. 
Gidrogeneratorlarda  aniq  qutbli  rotorni  sovitish  qutblar  oʻrtasida  oraliq 
borligi va rotorning sovish yuzasi katta boʻlganligi hisobiga osonlashadi. 
Turbogeneratorning  silliq  rotorining  sovishi  ham  samara  beradi,  chunki 
bunday  holda  u  faqat  havo  boʻshlig’i  tomonidan  soviydi.  Bu  holat  esa 
turbogeneratorlarni havo bilan sovitish imkoniyatini ancha cheklashga olib keladi.  
Turbogeneratorlarni  vodorod  bilan  bilvosita  sovitish
.  Vodorod  bilan 
bilvosita  sovitiluvchi  turbogeneratorlar  prinsipial  olganda  havo  bilan  sovitishdagi 
kabi  ventilyatsiya  sxemasiga  ega.  Farqi  shundan  iboratki,  bunda  sovituvchi 
vodorodning  hajmi  generator  korpusi  bilan  chegaralanadi,  shuning  uchun  ham 
sovitgichlar  korpusning  ichiga  joylashtiriladi.  Vodorod  bilan  sovitish  havo  bilan 
sovitishga  nisbatan  samaraliroq,  chunki  vodorod  sovituvchi  gaz  sifatida  havoga 
qaraganda  bir  qancha  muhim  afzalliklarga  ega.  U  havoga  qaraganda  1,54  mart 
katta  issiqlik  uzatish  koeffitsiyentiga  va  7  marta  koʻp  issiqli  oʻtkazish  xossasiga 
ega. Oxirgi xossasi izolyatsiya va pazlarnig oralig’ida vodorod qatlamining kichik 
1.5  -  rasm.  Gidrogeneratorning  ventilyatsi-
yasining yopiq tizimi: 1-rotor; 2-stator; 3-havo 
sovutgich; 4-ventilyator parraklari 


 
16 
issiqlik qarshilikka ega boʻlishiga olib keladi. 
Vodorodniig  zichligi  havoga  nisbatan  ancha  kichik  boʻlganligi  uchun 
ventilyasion yoʻqotishlar 8-10 marta kamayib, buning natijasida generatorning FIK 
0,8—1% ga ortadi. 
Havo  muhitiga  nisbatan  vodorod  muhitida  oksidlanishning  boʻlmasligi 
generatorning  ishonchli  ishlashini  va  chulg’am  izolyatsiyasining  ishlash  vaqtini 
oshiradi. Vodorodning afzalliklaridan biri uning yonmasligidir. 
Generatorga  kirayotgan  vodorodning  havo  bilan  aralashmasi  (4,1%  dan  to 
74% gacha, moy bug’i ham qoʻshilganda 3,3% dan to 81,5% gacha) portlash xavfi 
boʻlgan  aralashma  hosil  qiladi,  shuning  uchun  vodorod  bilan  sovitiladigan 
mashinalarda  stator  korpusining  gaz  oʻtkazmasligini  orttirish  uchun  valni  moyli 
tig’izlagichlar  bilan,  stator  va  rotorning  chulg’amiga  tok  oʻtkazuvchilarni  zichlab, 
gaz,  sovituvchining  qopqog’ini  zichlab,  lyuklarni,  yon  tomondagi  olinuvchi 
toʻsiqlarni  zich  yopilishi  kerak.  Gazning  tashqariga  chiqishini  ishonchli  toʻsuvchi 
moyli  zichlagich  bilan  generator  valini  tig’izlash  ancha  murakkab  ish. 
Vodorodning  ortiqcha bosimi  ancha  yuqori  boʻlsa,  generatorning  sovishi  shuncha 
samarali  va  demak  generatorning  aynan  bir  xil  oʻlchamlarida  uning  nominal 
quvvatini  oshirish  mumkin.  Biroq  ortiqcha  bosim  0,4—0,6  MPa  dan  koʻp  boʻlsa, 
generatorning  quvvatini  oshirishdan  kelib  chiqadigan  texnik  qiynchiliklarni 
(tig’izlagichlar  bilan  chulg’am  izolyatsiyasi  ishi  murakkablashadi)  yengish  uchun 
sarflanadigan mablag’ni oqlamaydi. Shuning uchun hozirgi generatorlarda vodorod 
bosimi 0,6 MPa dan yuqori boʻlmaydi. 
Vodorod  bilan  bilvosita  sovitiluvchi  generatorlar,  zaruriyat  tug’ilsa,  havo 
bilan sovitilishi ham mumkin, lekin ularning quvvati tegishlicha kamayadi. 
Generator  korpusini  vodorod  bilan  toʻldirishda  qaldiroq  aralashma  hosil 
boʻlishining  oldini  olish  uchun  havo  avval  inert  gaz  (odatda  karbonat  angidrid) 
bilan siqib chiqariladi. 
Vodorodning  foiz  miqdori  ruxsat  etilganidan  kamayganda  uning  tozaligini 
tiklash generatordan ifloslangan vodorod chiqarish va toza vodorod qoʻshish yoʻli 
bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni 
shamollatib tozalash
 (produvka) deb ataladi. 


 
17 
Generatordagi  vodorodni  quritish  maqsadida  xlorli  kalsiy  yoki  silikagel 
bilan  toʻldiriladigan  quritgich  koʻzda  tutilgan.  Suyuqlik  borligini  koʻrsatuvchi 
koʻrsatkich    generatorning  korpusida  suv  yoki  moy  paydo  boʻlishi  toʻg’risida 
signal berish uchun xizmat qiladi. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish