Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

Kirish 
 
Hozirgi  davrda  Jahon  miqyosida  ishlab  chiqarish  sohalarining,  madaniy 
hayotning  yuqori  suratlarda  rivojlanib  borishi  bilan  energiyaga  boʻlgan  talab  ham 
keskin oshib bormoqda. An’anaviy organik yoqilg’ining zahiralari keskin kamayib 
bormoqda.  Bunday  sharoitlarda  energiyaga  boʻlgan  talabni  qondirish  uchun 
energiya  resurslaridan  samarali  foydalanish,  muqobil  energiya  manbalarini  izlab 
topish  va  ulardan  samarali  foydalanishni  yoʻlga  qoʻyish  muammosi  muhim 
ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shu  bilan  bir  qatorda  ishlab  chiqarilgan  energiyadan 
oqilona foydalanish – uni uzatish, taqsimlash  va iste’mol qilish jarayonida  yuqori 
darajadagi  energiya  samaradorligini  ta’minlash  dolzarb  masalalaridan  biri  boʻlib 
qolmoqda.  
Ushbu  yoʻnalishda  Oʻzbekiston  Respublikasida  birinchi  navbatda  amalga 
oshirilishi  kerak  boʻlgan  asosiy  ishlar  Respublika  Prezidenti  va  Vazirlar 
Mahkamisining keyingi yillarda qabul qilingan bir qator buyruq, qaror, farmonlari 
va  boshqa  hujjatlarda  oʻz  aksini  topgan.  Ushbu  Qonun  hujjatlarida  qayd  etilib, 
yaqin  kelajakda  bajarilishi  rejalashtirilgan  birinchi  navbatdagi  tadbirlar  doirasida 
Respublikamizda mavjud bir qator issiqlik elektr stansiyalarida agregatlarni yuqori 
samaradorlikka  ega  boʻlgan  bug’-gaz  qurilmali  agregatlarga  almashtirish,  quyosh 
va  shamol  stansiyalarini  qurish  va  ishlatish,  mini  va  mikro  GESlarni  qurish  va 
ishlatish,  issiqlik  va  gidroelektr  stansiyalarini  modernizasiyalash,  podstansiyalarni 
zamonaviy  yuqori  samaradorlikka  ega  boʻlgan  qurilma  va  jihozlar  hisobiga 
modernizasiyalash,  elektr  tarmoqlarini  rivojlantirish  –  yangi  podstansiyalar  va 
elektr uzatish liniyalarini qurish va ishlatish, elektr va issiqlik energiyalarini ishlab 
chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishning samarali usullarini yaratish va 
joriy  etish  boʻyicha  koʻplab  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  2030  yilga  borib 
Respublikamizda  bir  yil  davomida  ishlab  chiqariluvchi  elektr  energiya  miqdorini 
hozirga davrdagiga nisbatan taxminan ikki martaga oshirish rejalashtirilgan. 
Oʻzbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning  2017-2021  yillarga 
moʻljallangan harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotning barcha sohalarida energiya 


 

va resurs sig’imini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga 
energiya  tejamkor  texnologiyalarni  keng  joriy  etish,  qayta  tiklanuvchan  energiya 
manbalaridan foydadanishni kengaytirish koʻzda tutilgan. Bu masalalarni hal etish 
bilan  bog’liq  boʻlgan  dolzarb  muammolardan  biri  ularni  yechishning  samarali 
usullarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.  
Iqtisodiyotning  koʻpgina  boshqa  tarmoqlaridagi  singari  energetikada  ham 
samaradorlikni ta’minlash ikkita yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Birinchisi  yangidan  ishga  tushiriluvchi  jihozlarni  takomillashtirish, 
energetika  tizimi  parametrlari  va  tuzilmasini  takomillashtirishga  asoslangan. 
Bunday  tadbirlar  katta  miqdordagi  xarajatlarni  talab  qilib,  faqat  yangidan  ishga 
tushirilayotgan qurilma va ob’ektlarning holatlariga ta’sir etadi. 
Ikkinchi yoʻl uzatiluvchi elektr energiyaning sifati va miqdorini ta’minlagan 
holda,  energetika  tizimining  holatini  optimallash  orqali  maksimal  darajada 
iqtisodiy samarani olishdan iborat. 
 


 


Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish