Zaripova Matluba Qulfitdinovna


- jadval. Pedagogik yangiliklarni amalga oshirish uslubiyoti



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
книга

2.3
-
jadval. Pedagogik yangiliklarni amalga oshirish uslubiyoti 
Javoblar 
Javoblar soni, % 
I kurs 
IV kurs 
To‘g‘ri 
To‘liq va aniq bo‘lmagan 
Noto‘g‘ri 
15 
21 
64 
24 
33 
43 
 
 
Birinchi  kurslar  orasida  noto‘g‘ri  javoblar  ko‘p  kuzatildi  (64%),  buni 
ularga  uslubiy  fanlar  siklidan  hali  birorta  kurs  o‘qilmaganligi  bilan  oqlash 
mumkin.  Bu  bo‘lim  bo‘yicha  savollarga  javob  berishda  talabalar  o‘zlarining 
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi innovatsion ta’limda ishtirok etish tajribasi, 
maktab qoshidagi tajriba maydonidagi ishlar, maktab to‘garaklari va ustaxonalari 
kabilardagi  tajribaga  tayanishdi.  Shuning  uchun  birinchi  kurs  talabalari 
“Innovatsion  pedagogik  faoliyatda  g‘oyalarni  ishlab  chiqish  bosqichlari  va 
amalga  oshirish  yo‘llarini  izohlang”,  “Innovatsiyaning  ilmiy  isboti  va 
samaradorligi qanday tekshiriladi?”, “O‘qitishning mualliflik g‘oyasini yaratish 
0
20
40
60
80
Тўғри
Тўлиқ ва аниқ 
бўлмаган
Нотўғри
15
21
64
24
33
43

курс
IV 
курс


75 
 
uchun  qanday  bilimlar  talab  qilinadi?”  kabi  topshiriqlarni  osonlik  bilan 
bajarishdi.  
Bitiruvchilarga  o‘qiladigan  yangi  “Zamonaviy  maktabda  pedagogik 
menejment  va  boshqarish”  kursi  (050103  –  pedagogika  va  psixologiya 
mutaxassisligi)  talabalarning  innovatsion  tayyorgarligi  darajasini  oshirishga 
yordam  beradi.  Ammo  hozirgi  paytda  talabalar  uchun  darsliklar  va  o‘quv 
qo‘llanmalarining  yo‘qligi  maktab  sharoitida  ham  institutda  ham  innovatsion 
faoliyat  masalasini  hal  etishda  qiyinchilik  tug‘dirmoqda.  Shuning  uchun 
ko‘pchilik  savollarni  yuqori  kurs  talabalari  uchun  sinov  tamal  toshi  deb  atash 
mumkin. Masalan, an’anaviy o‘qitish texnologiyasi to‘g‘risidagi oddiy savolga 
birorta  to‘g‘ri  javob  olinmadi,  lekin  birinchi  kurs  talabalari  o‘rtasida  savolni 
yoritishga  harakat  bo‘ldi:  «An’anaviy  texnologiya,  eng  avvalo,  avtoritar 
pedagogik talablarni aks ettiradi, individual qobiliyatni yuzaga kelishi, shaxsning 
o‘zini ijodiy namoyish etishi uchun shart-sharoitlar mavjud emas» va hokazolar. 
Institutdagi ta’lim natijasida ilgari shakllangan ko‘nikma va malakalarni 
aniqlashtirish talab qilingan savol va topshiriqlar talabalarda ko‘proq qiyinchilik 
tug‘dirdi:  “Pedagogik  hodisaning  tizimli  tahlili  qanday  amalga  oshiriladi?”, 
“Pedagogik hodisani modellashtirishdan foydalanish qachon maqsadga muvofiq 
bo‘ladi?”,  “O‘quvchida  ijodiy  ishga  qiziqishni  shakllantirish”  mavzuida  sinov 
dasturini  ishlab  chiqing”,  “Ixtiyoriy  pedagogik  hodisaning  modelini  grafik 
ravishda ifodalang”, “Quyidagi ta’riflardan qaysi birlari innovatsion masalalar, 
qaysilari ilmiy muammolarga tegishliligini aniqlang: a) ilg‘or pedagogik tajribani 
umumlashtirish  va  joriy  qilish  samaradorligini  oshirish;  b)  dasturiy  o‘qitish 
texnologiyasini amalga oshirishga yordam beruvchi omillarni aniqlash». 
IV  kurs  talabalarining  innovatsion  faoliyatni  tashkil  qilish  borasidagi 
bilimlarini tekshirish bo‘yicha berilgan «Innovatsion jarayon ob’ektlarini tanlash 
prinsiplarini  izohlang»,  «Innovatsion  pedagogik  jamoa  uchun  nimalar  muhim 


76 
 
hisoblanadi?»  savollariga  javoblar  biqiq  tabiatiga  ega  bo‘ldi,  ammo  yangi 
pedagogik va uslubiy adabiyotlarda bu masalalar yetarli darajada keng yoritilgan.  
Talabalar  «Innovatsiyaning  konseptual  mohiyati,  uning  tuzilmaviy  bir 
butunligi  nimada?»,  «An’anaviy  o‘qitishdan  kredit  texnologiyasining  ustunligi 
nimada?»,  «Innovatsion  o‘qitish  nimalar  bilan  tavsiflanadi»  va  hokazolarga 
shunga o‘xshash to‘liq bo‘lmagan javoblar berishdi. 
O‘quv 
rejasiga 
muvofiq 
boshlang‘ich 
sinflarning 
bo‘lajak 
o‘qituvchilariga  (050102  –  pedagogika  va  boshlang‘ich  ta’lim  uslubiyoti 
mutaxassisligi)  kasbga  yo‘naltiruvchi  fanlar  kursi  o‘qilgan  edi.  Bu  kurslar 
amaliyotli  mehnat  ta’limi  masalalari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular  talabalarda 
innovatsion  tipdagi  buyumlar  bo‘yicha  bilim  va  malakalarni  shakllantirishga 
ko‘mak  beradi.  Bundan  tashqari  talabalar  (barcha  mutaxassisliklar  talabalari) 
“Ilmiy-pedagogik  tadqiqot  uslubiyoti”  fanini  o‘rganish  davomida  pedagogik 
tadqiqotlar o‘tkazishning asosiy prinsiplari bilan yetarlicha tanishishgan edi.  
So‘rov natijalari quyidagicha: to‘liq to‘g‘ri javoblar – 11 %, aniq va to‘liq 
bo‘lmagan  javoblar  –  62  %,  noto‘g‘ri  javoblar  –  37  %  to‘g‘ri  javoblarga 
talabalarning  o‘lchov-nazorat  asboblarini  sinflash,  buyumlarni  tayyorlash 
bo‘yicha texnologik xaritalarni tuzish, fotoxronometrajni belgilash va hokazolar 
bo‘yicha  bilimlarini  kiritish  mumkin.  “Ixtirochilik”  va  “ratsionalizatorlik” 
tushunchalari o‘rtasidagi farqni aniqlashda, “Yosh radiotexnik” texnik to‘garagi 
ish rejasini tuzishda talabalar o‘zlarini ancha erkin his qilishdi.  
Boshlang‘ich  ta’lim  uslubiyoti  (BTU)  talabalarining  noto‘g‘ri 
javoblarining  asosiy  qismi  texnika  va  texnologiyalar,  ularning  ilmiy  asoslariga 
bog‘liq bo‘ldi.  Bu  yerda  tikuv  mashinalari  mexnanizmlari  tuzilishini,  ularning 
umumiy tizimdagi vazifalarini bilmaslik kuzatildi. 
Buyumlarning  turli  choklari  asosida  yotuvchi  hodisalar  va  prinsiplar 
mohiyatini  yoritib  bergan  holda  talabalar  mexanik  harakatlarni  aytib  berishdi, 
lekin birorta talaba texnik jarayonlar to‘g‘risida hech narsani esga olishmadi
.
 


77 
 
Ko‘pchilik  talabalar  gazlama  va  qog‘oz  buyumlarni  tayyorlashda 
qo‘llaniladigan  konstruktiv  materiallar  (drap,  karton  va  boshqalar)  to‘g‘risida 
umumiy  tushunchaga  egalar,  lekin  cho‘ntak,  tipdagi  detallar  nimadan 
tayyorlanishini aniq bilmaydilar.  
Mehnat  unumdorligi  haqidagi  savolga  qiziqarli  va  kulgili  javob  olindi: 
“mahsulot  sonini  ko‘paytirish”,  bunda  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash, 
mahsulot  sifati,  o‘lchov  birliklari  va  shunga  o‘xshashlar  ishlab  chiqarishda 
innovatsion jarayon sifatida javob doirasidan chetda qolib ketdi.  
Yuqorida  qayd  etib  o‘tilgandek,  bu  bosqichda  bitiruvchi-talabalar 
(fiziklar,  tarixchilar,  “mehnatchilar”)ning  bilimlari  innovatsion  faoliyatning 
tashkil  qilish  nazariyasi  va  uslubiyoti  bo‘yicha  tekshirildi.  Savollar  1-ilovada 
keltirilgan.  Talabalarning  innovatsion  faoliyatga  tayyorlash  dinamikasi 
to‘g‘risida  ishonchli  natijalar  olish  uchun  nisbiy  o‘rganish  usuli  qo‘llanildi, 
shuningdek,  2-3  yil  stajiga  ega  bo‘lgan  yosh  o‘qituvchilar,  shahar  va  qishloq 
maktablari 
direktorlari, 
shuningdek, 
shahar 
XTB, 
tuman 
XTB 
uslubiyotchilarining predmet bo‘yicha tayyorgarligi tekshirib ko‘rildi. Javoblar 
tahlili  pedagogika  oliy  ta’lim  muassasasi  bitiruvchilari,  yosh  o‘qituvchilar  va 
hattoki  maktab  direktorlarining  innovatsion  faoliyat  nazariyasi  va  uslubiyoti 
bo‘yicha tayyorgarligi darajasi pastligini ko‘rsatdi.  
Innovatsiya  nazariyasi  bo‘yicha  savollarga  to‘g‘ri  javoblar  soni  maktab 
direktorlari  guruhida  80-85  foizni,  yosh  o‘qituvchilar  guruhida  25-30  foizni, 
bitiruvchilar  guruhida  esa  35-45  foizni  tashkil  qildi.  Innovatsion  faoliyatni 
boshqarish bo‘yicha uslubiy tayyorgarlikni aniqlash bo‘yicha so‘rovda noto‘g‘ri 
javoblar soni quyidagicha bo‘ldi: uslubiyotchilar – 7 foiz, direktorlar – 15 foiz, 
yosh o‘qituvchilar – 9-11 foiz, talabalar – 23-27 foiz.  
So‘rov  o‘tkazilgan  guruhlar  tayyorgarligi  bo‘yicha  umumiy  holat 
quyidagicha bo‘ldi: 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish