Zaripova Matluba Qulfitdinovna



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
книга

Noto‘g‘ri javob: 
«Innovatsiya – bu yangi ta’lim, yangiliklar esa ta’lim 
g‘oyalaridir», bu ikki tushuncha ma’nosiga ko‘ra bir xil va hokazo. 
Jadvalda  talabalar  so‘rovi  natijalari  keltirilgan  (pedagogika  oliy  ta’lim 
muassasasi birinchi kurslarining 258 ta javobi, bitiruvchilarining 872 ta javobi).  
 
Javoblar 
Javoblar soni, % 
I kurs 
IV kurs 
To‘g‘ri 
To‘liq va aniq bo‘lmagan 
Noto‘g‘ri 
12 
61 
27 

53 
39 
 
2.1
-
jadval. Pedagogik innovatika
 
 
 
2.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, to‘g‘ri javoblar soni unchalik ko‘p emas 
(birinchi  kurslarda  12  foiz,  bitiruvchilarda  8  foiz).  Birinchi  kurslar  uchun 
g‘oyalarni  shakllantirish,  yangiliklar  joriy  qilish  rejasini  ishlab  chiqish  bilan 
bog‘liq savollar qiyinlik qildi. Bu haqiqatga to‘g‘ri keladi, chunki maxsus ilmiy 
bosqichda  “Pedagogik  innovatika”  kursi  mavjud  emas,  “Ilmiy-pedagogik 
tadqiqotlar uslubiyoti” kursi esa to‘rtinchi semestr rejasiga kiritilgan.  
0
10
20
30
40
50
60
70
Тўғри
Тўлиқ ва аниқ 
бўлмаган
Нотўғри
12
61
27
8
53
39

курс
IV 
курс


70 
 
Birinchi 
kurslar 
yaqindagina 
asosiy 
fanlarni 
(“Pedagogika 
mutaxassisligiga  kirish”,  “Pedagogikaning  umumiy  asoslari”,  “Umumiy 
psixologiya” va boshqalar) o‘rgangan bo‘lsalar-da, so‘rov o‘tkazilgan ko‘pchilik 
talabalar  tanish  mavzular  bo‘yicha  savollarga  javob  bera  olishmadi.  Masalan, 
«Pedagogik tizim unsurlarini ayting?», «Modul asosida o‘qitishning texnologik 
jarayonini izohlab bering». 
“Pedagogik  texnologiya  uchun  nimalar  xarakterli  hisoblanadi?”  savoli 
birinchi  kurslarga  ko‘proq  qiyinchilik  tug‘dirdi.  Qo‘yilgan  savollarga  keng 
innovatsion  dunyoqarashga  ega  bo‘lgan,  fikrlash  doirasi  rivojlangan  talabalar 
to‘g‘ri javob berishdi. 
Bitiruvchilar  o‘quv  materiallarini  o‘zlashtirish  koeffitsienti  kattaligini 
aniqlash,  joriy  qilingan  yangiliklarning  samaradorligini  tahlil  qilish,  ularni 
amalga  oshirish  bosqichlari,  innovatsion  jarayonni  amalga  oshirishda 
qo‘yiladigan asosiy talablar, turli kurslarda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar 
tavsifi bilan bog‘liq savollarga javob berishga qiynalishdi.  
To‘rtinchi  kurs  talabalari  muammoli  o‘qitish  texnologik  jarayonini 
yoritishda,  individual  va  differensiatsiyalashgan  o‘qitish  texnologiyasini 
tushuntirishda, 
innovatsion 
jarayonlarni 
takomillashtirishning 
asosiy 
yo‘nalishlarini  (uzluksizligi,  egiluvchanligi,  natijaviyligi  va  hokazolarni) 
izohlashda  qo‘pol  xatolar  qilishdi.  Yuqori  kurs  talabalarining  asosiy  qismi 
“Amalga  oshirish  paytida  tadqiqotning  empirik  uslublaridan  foydalanilgan 
pedagogik sinovlarga misol keltiring” topshirig‘ini bajarishning uddasidan chiqa 
olishmadi. To‘g‘ri javob uchun ilmiy-tadqiqot doirasidagi bilimlar talab qilingan 
edi. So‘rov o‘tkazilgan barcha talabalar ichida faqat uchtasi bu topshiriqni bajara 
olishdi.  
Bitiruvchilarning  pedagogik  innovatika  nazariyasi  bo‘yicha  javoblari 
pedagogik tadqiqot uslublarini qo‘llash doirasida bilimlar nazariy jihatdan ham, 
amaliy  jihatdan  ham  qoniqarli  ekanligini  ko‘rsatdi.  Innovatsion  o‘qitishning 


71 
 
pedagogik  mohiyatni  tushuntirishda  talabalar  orasida  “jimlik”  kuzatildi. 
Bularning  barchasi  bitiruvchilarning  “Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar”, 
“Ilmiy-pedagogik  tadqiqotlar  uslubiyoti”,  “Pedagogikani  o‘qitish  uslubiyoti”, 
“Pedagogik  mahorat”  kabi  asosiy  va  kasbga  yo‘naltiriluvchi  fanlar  bo‘yicha 
tayyorgarligi kuchsiz ekanligini ko‘rsatadi.  
Birinchi  kursdan  boshlab  kasbga  yo‘naltiruvchi  fanlarning  bir  qanchasi 
o‘tilgan  bo‘lsa-da,  talabalarning  texnologik  bilimlariga  nisbatan  pedagogik 
bilimlari  kengroq  va  chuqurroq  ekanligi  so‘rov  paytida  ma’lum  bo‘ldi. 
Ko‘pchilik bitiruvchilar maxsus fanlar bo‘yicha unchalik murakkab bo‘lmagan 
mavzularga  texnologik  karta  tuzishga,  pedagogik  hujjatlashtirishni  o‘qishga 
qiynalishdi.  

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish