“Ijtimoiy pedagogika”
atamasi 1844 yili K.Mager tomonidan tarbiya haqidagi ochiq
ilmiy munozaraga kiritilgan va keyinchalik A.Disterveg tomonidan tarqatilgan. Ana shu
tushuncha paydo bo‘lgan paytdan hozirgi kungacha nemis adabiyotlarida uni ikkita turlicha
talqini mavjuddir.
Birinchi talqin (K.Mager) - ijtimoiy pedagogika tarbiyaning ijtimoiy tomoni bilan biror-bir
umumiylikka ega. Ikkinchi talqin (A.Disterveg) - ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit,
vaziyatlarda pedagogik yordam sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |