1.Oila va uning asosiy vazifalari
Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir institutlar bilan
tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi bola jamiyatda
qiyinchiliklarsiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarini egallaydi. Oila birinchi
tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun hayoti
davomida xis etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi xulqi qoidalari yuzaga
keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.
Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida
oila holatiga ancha yomon og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar
sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining
pasayishini taxmin qiladilar.
Hamma davrlarda ham oila o‘zining farzandlarini tarbiyalashda yordam olishga talabni xis
etgan. Tarix ko‘rsatishicha, odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik o‘tib kelgan.
Zamonaviy industrial jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. SHuning
uchun, jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni etkazish
bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar
ijtimoiy ishlar xodimlari ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa
mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqatgina notinch,
yomon oilalar emas, bugungi kunda tinch yaxshi oilalar ham muhtojlar.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila – bu nikoh va (yoki) qon-
qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy
ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan,
oila – bu ijtimoiy institut bo‘lib, unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror
mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti
asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko‘rish, bolalaning boshlang‘ich
ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta’lim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20
ming yil ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi mavjud bo‘lgandayoq ularning
birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab
(erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar
bo‘lishiga qaramay, hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy
tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan.
Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda, bolani tarbiyalash va
rivojlantirishga taalluqlilarinigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |