Gumanizm prinsipi
“Gumanizm” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “humanus” so‘zidan kelib chiqib, “insoniy”
degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan
huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson
manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni
jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.
Gumanistik tarbiya g‘oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotel va b) fikrlarida
ham kuzatiladi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi SHarq Uyg‘onish
davri va o‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga etdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib erkin har
taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-
1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536),
Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni
ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar
bo‘lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi
umumiy hisoblanardi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni erdagi eng
oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va
bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Buyuk SHarq allomalari va pedagogika va ijtimoiy pedagogika namoyondalarining barcha
asarlari bolalarga bo‘lgan muhabbat bilan singdirilgan.
Ijtimoiy pedagogikadagi gumanistik g‘oyalar rivojlanishda nuqsonlarga ega bo‘lgan
bolalarga alohida e’tiborni talab qiladi. Gumanizm tushunchalari bilan bir qatorda ijtimoiy
1
А.Авлоний. Туркий гулистон ёҳуд аҳлоқ. ВКН. “Анатомия педагогической мысли
Узбекистана”, М.1986. с. 187.
16
pedagogikada rahmdillik va xayr-sahovat tushunchalari mavjud. Rahmdillik – achinish,
insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko‘rsatish yoki kimnidir kechirishga tayyorlikdir.
Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg‘araz yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat.
Respublikamizda an’ana borki, har bir yil qandaydir muammoga bag‘ishlanadi. 2004 yil
O‘zbekistonda mehr va muruvvat yili deb e’lon qilingan.
Gumanizm prinsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning erkinlikka, baxtga,
hayoti, sog‘lig‘ini himoya qilishga va qo‘riqlashga bo‘lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy
imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni, hayotda
o‘z o‘rnini topishda, jamiyatga “kirishi”da , shu jamiyatda o‘zini to‘la ko‘rsata olishida yordam
ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Gumanizm prinsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:
bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo‘lishiga qaramay
ularga hurmatli munosabatda bo‘lish;
har bir bolaning o‘zicha bo‘lishi, ularga hurmatli munosabatda bo‘lish huquqini tan olish;
hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo‘lish emas, balki o‘zicha bo‘lish huquqini tan
olish;
bolaga o‘ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, “Men o‘zim” tutgan o‘rnini,
o‘z muammolarini o‘zi hal etish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda
yordam ko‘rsatish;
shavqat qilish va achinishga emas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish
istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo‘lgan rahmdillikni tushunish;
muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga
olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog‘lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni
istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bo‘lishi tizimi o‘ylab chiqilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |