19
maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib
hisoblanadilar).
Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalo, yangi
ittifoq sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar
mobaynida o‘zbek ma’rifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor
etilgandi. Pedagogikada shunday shior keng tarqalgandi: “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi
bilan quporamiz”.
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo‘lgan barcha pedagogika sohasidagi
oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan asarlarni unutish talab etildi. 30-yillar oxirida sotsializm g‘alaba
qilganligi e’lon qilindi. SHu vaqtdan e’tiboran ijtimoy muammolar haqida sukut saqlash sharti
mustahkamlandi. Bu muammolar alohida, engil hal etiladigan, “eskilik sarqiti” deb baholandi.
Bu esa o‘z o‘rnida ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishiga yo‘l bermadi.
1991 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning
ko‘pgina sohalarini, shu jumladan, ijtimoiy pedagogikaning ham rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.
1997 yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘isida” Qonun (1997 yil) qabul
qilinishi bilan ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning samarali yo‘llarini topish, ma’naviy madaniyatni
rivojlantirish, shaxsning fuqaro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali
yo‘llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va
insonparvarlashtirish kabi vazifalar quyildi. Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va
amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. “Ijtimoiy pedagogika” predmeti ham endigina
shakllanmoqda.
Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishini yuritish shunchalik dolzarbki, bu fan bo‘yicha
mamlakatimizda: Ma’naviyat va ma’rifat Markazi, “Oila” markazi, nodavlat hukumatga qarashli
bo‘lmagan hayriya jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
qoshidagi respublika o‘quv-metodik ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi TDPU (mafkura)
g‘oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar. Respublikamizda har bir navbatdagi yilni ijtimoiy
muammolardan biriga bag‘ishlash an’ana tusiga kirgan. Masalan, 2001 yil “Onalar va bolalar
yili” deb e’lon qilingandi. SHu munosabat bilan “O‘smir va sog‘lom turmush tarzi” deb
nomlangan respublika metodik seminarii o‘tkazilib, maktablarda “Sog‘lom turmush tarzi”
predmeti kiritilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari
ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda keyingi vaqtlarda bir katta muammoga butun bir yilni bag‘ishlash an’anaga
aylandi. Masalan, 1998 yil “Oila yili”, 1999 “Ayollar yili”, 2000 “Sog‘lom avlod yili”, 2001
“Onalar va bolalar yili”, 2002 yil “Qariyalar yili”, 2003 “Obod va sog‘lom mahalla yili”, 2004
yilni “Mehr va muruvvat yili” deb belgilab, ijtimoiy pedagogik muammoni amaliyotda hal etish
yo‘llari izlanmoqda. Bugungi kunda ko‘plab empirik va nazariy bilimlar to‘plangan. Ularni to‘la
anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning kelgusi
rivojlanishi etarli darajada emas. O‘tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarini yangi
nuqtai nazardan turib, o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirib, Respublikamizga
moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qo‘llash lozim.
CHet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko‘p yillardan buyon rivojlanib kelmoqda, hozirgi
vaqtda esa bu sohada juda ko‘p muhim ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. SHu sababli ham
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa
mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi rivojlanish jarayonida
vujudga kelgan muammolarning tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni
o‘rganishning o‘rni beqiyos.
Do'stlaringiz bilan baham: