131
1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va muassasalari.
2. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.
3. Xalq banki.
4. Aktsiya,
pay asosida, shuningdek chet el vakillari ishtirokida tuzilgan tijorat
banklari, ularning vakolatxonalari.
Banklar jumladan chet el banklari O’zbekiston Respublikasida o’z faoliyatini
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida
amalga oshiradi. Ana shunday banklarga "Sanoat qurilish banki", "Paxta banki",
«G’alla banki", «Meva-sabzavot banki», "Savdogar bank", "Avia bank", "Tadbirkor
bank", "Namangan bank", "Parvina bank", "Sayoxat investi" banki va boshqalar.
hammasi bo’lib Respublikamizda 30 dan ortiq tijorat banki bor. Umuman bank tijorat
tashkiloti bo’lib u asosan omonatlarni qabul qiladi. Qimmatbaho qog’ozlar chiqaradi
va ularni boshqaradi. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida
xalqaro maydonda istiqbol
yo’nalishlarini ko’zda tutib, respublika tashkil bo’lgan birinchi yildan boshlab
xalqaro tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki barpo qildi. Bu bank birinchidan eksport
tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida
kreditlar beradi. Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan
xizmat ko’rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valyuta kredit
bozorlari operatsiyalarida
ishtirok etadi. Uchinchidan, xukumatlararo bitimlarni to’lov shartlarini ishlab
chiqishda qatnashadi va boshqa vazifalarni bajaradi.
Kredit, tabiiy bank tizimining yuragi joni bu banklardir. Banklar foyda olish
maqsadida bo’sh pul mablag’larini to’plab unga muxtojlarga qarz berish bilan
shug’ullanadigan muassasa. Respublikamizda qabul qilingan «Banklar va bank
faoliyati to’g’risida» qonunda bank tushinchasi quyidagicha ta’riflanadi. Pul
mablag’larini jalb qilish
hamda ularni qaytarishlik, to’lashlik va muddatlilik
shartlari asosida o’z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, Bank
huquqiy shaxsdir.»
Bank ishining kelib chiqishi tarixi pul maydalashdan boshlangan. Pul
maydalovchi sarroflar, zargarlar do’konlari savdogar, sotuvchilardan oltin va
kumushlarni
saqlashga ham qabul qilishar, egalaridan saqlab berganlari uchun to’lov
olinar edi, bora-bora bunday ishlar bilan shug’ullanadigan ixtisoslashtirilgan
muassasalar paydo bo’ldi. Keyinchalik ularni banka deb atay boshladilar. Tarixan
banklar o’z nomlaridan avval vujudga kelgan. Bank so’zi olmoncha die Bank - kursi
so’zidan kelib chiqqan. Ayrimlar italyancha "Banko" so’zidan kelib chiqqan
deyishadi u ham shu ma’noni beradi. Uni yordamida ayrboshlash, hisob-kitob amalga
oshirilgan.
Banklar eng avvalo xususiy tijorat tuzilma sifatida
bozor infrastrukturasining
elementi sifatida vujudga kelgan. Davlat banklari tijorat banklariga qaraganda ancha
keyin vujudga kelgan. Banklar rivojlanish jarayonida ko’p bosqichlarni bosib o’tgan.
Dastlab ular idora sifatida xizmat ko’rsatgan. Lekin tez orada almashishga qarz berish
ham qo’shiladi. Dastlabki banklar eramizgacha 2300 yil avval qadimgi xaldeylar
(janubiy Messapotamiyada yashagan) davlatida savdo sherikchilik ko’rinishida
tashkil topib, ssudaga pul berish va pul ko’chirish (o’tkazish) operatsiyalari bilan
shug’ullangan. Lekin xaqiqiy bank rivojlanishi Bobillar (miloddan avvalgi 2000-
yilning boshlarida janubiy Messapotamiyada vujudga kelgan) davlati vujudga kelishi
132
bilan bog’liq.
Keyinchalik Afrika, Misr, Rimda va boshqa joylarda rivojlana
boshladi. So’ngra bank rivoji asosan Angliyada yuz berdi.
Davlat banklari XIX asrga kelibgina tashkil topa boshladi. Frantsiya davlat
banki (1800 yil Napoleon I tomonidan tashkil etilgan), 1816 yil Avstriya, 1825 yili
Belgiya milliy banki keyinchalik Rus davlat banki, Italiya milliy banki,
vujudga
kelib, tijorat banklari bilan birgalikda ish yurita boshladilar.
Respublikamiz mustaqillikka erishchgach birinchi navbatda Markaziy bank
tashkil etildi.
Umuman olganda bank rivojida ikki tendentsiya mavjud: bir tomondan,
universallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal
xarakterga ega bo’lib, o’zlarining xo’jalik mavqeiga ko’ra aktsionerlik tipidagi
korporatsiyalar hisoblanadi. Ular Markaziy
bankdan maxsus litsenziya olib, unga
muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
•
Aholi, uy xo’jaliklari va firmalardan omonatlarni qabul qilish, ya’ni
muddatsiz depozitlarni jamg’arish va bu banklarga yozilgan cheklarni to’lovga qabul
qilish.
•
Kreditlar berish.
•
Qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar o’tkazish.
•
Turli xizmatlar ko’rsatish.
•
Banklararo operatsiyalar o’tkazish.
•
Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini ham bajarish mumkin.
Keyingi paytlarda
Do'stlaringiz bilan baham: