71
•
III-tsikl: 1896-1920 yy. – ko’taruvchi to’lqin.
Kondratev tsiklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi
hisoblanadi.
Kondratev birinchi katta tsiklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat
revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi,
uchinchisini -
elektroenergiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to’rtinchisini - avtomobil
sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi
tsiklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqoza qilishini
ko’rsatadilar.
Iqtisodiy tsikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning
hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o’zaro
bog’liqligi sababli uning hech bir sohasi inflyatsiya to’lqini yoki turg’unlikning
nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga
olish zarurki, iqtisodiy
tsikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli
darajada ta’sir ko’rsatadi.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq
muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari
ko’proq yo’qotishga uchraydi.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investitsion
tovarlar,
avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab
chikarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar tsiklning
inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar tsiklning yuksalish
fazasida o’zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag’bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar
ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi
yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yuktura sharoitida
investitsion tovarlar zahiralarni ko’paytirish hech qanday
iqtisodiy mazmunga ega
emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq
foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda ya’ni tsiklning jonlanish va yuksalish
fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganicha almashtiriladi.
Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o’zining eskirgan uskunalarini
ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga
investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo’lgan
ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham
harakat qilmaydi.
Qisqa mudatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari
ishlab chiqaruvchi
sanoat tarmoqlari tsiklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy tsikl turlicha ta’sir
ko’rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar oila
byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq
muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishini to’xtatadi. Har qanday sharoitda
ham oila a’zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va
kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’molchilik tovarlarini
72
xarid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni
xarid qilish miqdori
qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari
ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega
egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar
ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol hukumdorlikka
ega bo’lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi
birinchi navbatda ishlab
chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskari bo’lgan holatni qisqa
muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga
layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan
xarakterlanadi. Shu sababli ular tsiklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi
mumkin va mahsulotlarga bo’lgan talabning pasayishi,
ishlab chiqarish darajasiga
qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.
Demak, kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi,
to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot
ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: