Ekskursiya
– ta‗lim va tarbiya ishlarining shunday turidirki, bu usul bilan
o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, dala, tabiatni
kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko‘rgazma va h.k.larga) tashkiliy
ravishda olib boriladi. Ekskursiya usuli asosan o‘qituvchi yoki ekskursiya o‘tkazishga
mas‗ul bo‘lgan shaxsning kuzatilayotgan ob‗ektni bayon qilishi, tushuntirishi orqali
olib boriladi. Ekskursiya oxirida, albatta yakunlovchi dars o‘tkaziladi va unda
o‘quvchi-talabalar tomonidan tayyorlangan chizma, rasm, taassurotlar kabi
materiallardan foydalaniladi. O‘qituvchi mulohaza va fikrlarni umulashtirib, xulosa
chiqaradi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Amaliyot
– ta‗lim shakllaridan yana biri bo‘lib, unda talaba oliy o‘quv yurtida
olgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq etadi. Bu jarayonda
amaliyotchiga amaliyot davomida oliy o‘quv yurtidan ilmiy rahbarlar tayyorlanadi.
Amaliyot talaba uchun kelajak ish faoliyatida ilk qadami bo‘lib, shu amaliyot
davomida talaba oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarini qanchalik amaliyotga qo‘llay
olishini o‘z nuqtai nazaridan ham baholaydi va bu orqali unda kelajagini tasavvur
qilishga imkon yaraladi.
Kurs ishi
– oliy maktab o‘quv rejasida qayd qilingan ta‗lim berishning
shakllaridan biri. Kurs ishlari biror fanning nazariy kursi tugallangandan so‘ng
amalga oshiriladi. Ta‗lim berishning bu turi talabalarning ilm olish davrida olgan
bilimlarini yanada mustahkamlash, nazariy bilimlarini qanchalik amaliyot bilan
bog‘lay olishi negizida paydo bo‘ladi. Kurs ishi tayyorlash jarayonini bevosita
mustaqil ishlar tarkibiga kiritish mumkin. Kurs ishi ham o‘quv rejasida kiritilgan
bo‘ladi.
Diplom ishi
– talabaning oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarining natijasi, ilmiy
izlanishlarning boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lib, ta‗lim berishning bir shakli sifatida
namoyon bo‘ladi. Diplom ishi bir mutaxassislikning talaba tomonidan
tamomlanayotgan, shu mutaxassislik rahbari bilan birga tayyorlanadigan va o‘quv
yurti rejasida qayd qilingan ta‗lim berish shakllaridan biridir.
Kasb-hunar ta'limida o‘quv jarayoni mustaqil ta‗limni tashkil etilishini ham
ko‘zda tutadi. Talabalarning mustaqil taxsili ularning o‘z bilimlarini kengaytirish va
chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda ularning
yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan initilishi sifatida qaraladi.
Mustaqil ta‗limning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini
yangilash, ularning g‘oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va
madaniyatini takomillashtirish.
Mustaqil ta‗limning asosiy maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o‘z ustida ishlashga
hamda ularning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o‘stirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |