15.2.Hamkorlikda o'zaro o'qish prinsip va qoidalari.
Hamkorlikda o'qitish metodining asosiy g'oyasi – biror – bir topshiriqni
birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o'qishdir.
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasida hamkorlikda o'qitish muhim
ahamiyat kasb etadi. Zero, Hamkorlikda o'qitishni bu biror bir vazifani, topshiriqni
hamkorlikda bajarish emas, balki hamkorlikda o'qitishdir. Buyuk rus
tarbiyashunosligining asoschilaridan biri A.S.Makarenko «Tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalash jarayonida, o'zim ham tarbiyalanib bordim»,- deb yozadi. Demak o'qitish
jarayonida, o'qituvchi bolalarni o'qitar ekan, ayni paytda o'zi ham o'qishga majburdir.
Bu hamkorlikda o'qitish orqali amalga oshadi.
Hamkorlikda o'qitish, ya'ni kichik, kichik guruhlarga bo'lib o'qishlar G'arb
pedagogikasida XIX asr oxirlarida paydo bo'lgan. Ammo guruhlarda, hamkorlikda
o'qitishga asos – solinishi XX asrning 20- yillariga to'g'ri keladi. Uning asosiy
texnologiyasini ishlab chiqish va uning birinchi natijalarini matbuotda e'lon qilish
1970 yillarning oxirlari 1980 yillarning boshlarida to'g'ri keladi. Bu davrda Buyuk
Britaniya, G'arbiy Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil, Avstraliya va boshqa
mamlakatlarning ta'lim muassasalarida hamkorlikda o'qitish metodining nazariyasi va
amaliyoti to'g'risida pedagogik matbuotda ma'lumotlar e'lon qilindi. Ammo ushbu
g'oyaning mantiqiy asosnomasi Amerikadagi uchta universitet professorlari –
R.Slavin (J.Xoppine universiteti, 1990), R.Jonson, D.Jonson (Minnesot universiteti,
1987), J.Arenson (Kaliforniya universiteti, 1978) va Isroildagi Tel – Aviv
universitetida, 1988 yilda Sh.Sharon tomonidan ishlab chiqildi. Amerika olimlari va
Isroil olimlarining hamkorlikda o'qitish g'oyasi ma'lum jihatlari bilan bir – biridan
farq qilsada, ularda mazkur g'oyani yondoshish qoidalari va prinsiplarini asoslashda
yaxlitlik mavjud. Masalan, Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda
o'qitishda asosan o'quvchilarni fan asoslari bilan tanishtirish, ularni bilim, ko'nikma
va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutilsa, Isroil va YEvropa olimlari ishlab
chiqqan hamkorlikda o'qitish metodining mazmunida darslarda munozarali o'quv
bahsini tashkil qilish orqali faoliyatni loyihalash yotadi. Bu hol g'oyalarning bir –
birini to'ldirishi didaktik jihatdan bir birini boyitishi bilan xarakterlanadi va
o'quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini loyihalashtirish uchun zamin yaratadi. Bu esa
har bir o'quvchida aqliy mexnatga tayyorlanish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishlari
shaxs sifatida o'zlarini erkin tutib o'qishga ongli, ma'suliyat bilan yondashishga
undaydi hamda o'z safdoshlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da'vat
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |