izlanadilar, tom – tom kitoblar, taxlam – taxlam gazeta va jurnallarni varaqlab
chiqadilar. Ziyokor sifatida o'qituvchi ham bu holatdan qolmasligi, tinmay izlanishi
va ijod qilishiga to'g'ri keladi. Chunki, bugungi kun o'quvchisi ommaviy axborot
vositalari orqali ko'pgina ma'lumotlarga ega. Ularni o'z o'quv fani mazmuniga
singdirish, orqali o'quv predmetiga qiziqtirish, izlanish, mustaqil ishlariga o'rgatish
o'qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. Shunga asosan o'qituvchiga bolalarga
nima o'rgatsam, qanday o'rgatsam degan uy – xayol xalovat bermasligi kerak.
qolaversa ta'lim islohotlari ham o'qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va
ishlashga da'vat etmokda.
Shunga ko'ra hamkorlikda o'qitish metodini puxta egallagan qanday o'qitish va
nimani o'rgatishni yaxshi bilib oladi. Zero, hamkorlikda o'qitish o'quvchida ongli
intizomni tarbiyalaydi, o'z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb biladi,
topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib,
o'zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan
shug'ullanishiga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o'qitish metodining mohiyat mazmunini yuqorida qayd etilgan
fikrlardan tashqari komanda (jamoa) hamkorligi asosida topshiriqlarni echish
jarayonlarini vaqt bo'yicha bosqichma – bosqich (g'oyalarni inersiyalar, muhimlarini
ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g'oyasi etadi.
Bugungi kunda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida Hamkorlikda
o'qitish metodining bir necha metodlari ishlab chiqilgan. Metod – bu o'rgatuvchi
(ta'lim beruvchi) va o'rganuvchi (ta'lim oluvchi)ning aniq bir vaqt va vaziyatda
birgalikdagi faoliyatining tashkiliy tomoni.
Komandada o'qitish metodi. O'qitishning bu metodi J.Xopkins universitetida
ishlab chiqilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, komandaning har bir
a'zosi oldida biror – bir masalani birgalikda bajarish emas, balki bir-bir narsani birga
bilib olish vazifasi turadi. Komandaning muvaffaqiyati komanda har bir a'zosining,
muvaffaqiyati har bir a'zoning muvaffaqiyati esa butun komandaning muvaffaqiyati
deb tan olinadi.
Interfaol usullarda muammoli, hayotiy vaziyatlardan foydalanish juda yaxshi
natijalar beradi. Baxsli, muammoli vaziyat–insonning faoliyati davridagi fikrlash
natijasiga bog'liq bo'lib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir.
Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Baxsli,
muammoli vaziyatlar talaba- o'quvchilarning aqliy kuchini zo'riqtiradi, vaziyatni
oydinlashtirish uchun yo'llar qidira boshlaydi. Qiyinchiliklar bilan to'qnashadi. Odam
muammo bilan yuzma-yuz (to'qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O'zida mavjud
bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyasiga mos darajadagi xulosalarga
kela boshlaydi.Talaba- o'quvchilar o'zlari bajargan, topshiriqlarni qanday qilib
bajarganligini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim.Qanday o'ylagani, fikrlagani
haqida gapirib bera olishlari kerak. Muammoni hal qilish jarayonidagi tushunmay
qolgan o'rinlarini o'z so'zlari bilan ifodalab bera olishi, o'rgatuvchi uchun juda
muhimdir.
Talaba-o'quvchilarni ma'lumotlar bilan faol ishlashga o'rgatuvchi usullarni
interaktiv metodlar deyiladi .
Verbal muloqot shakllari ma'ruzalarni faol usulda o'tkazish har qanday yuqori
saviyada o'tkazilgan ma'ruza, garchand u faktlarga boy bo'lsa ham, agar uzoq vaqt
davom etsa, o'quvchi- talabalarning eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi.
Shuning uchun yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan ma'ruzalar
samarali bo'ladi.
Ma'ruzachi o'z ma'ruzasini bir necha bloklarga bo'ladi. Har blokni 15-20 minut
davom ettiradi va har bir blokdan so'ng to'xtab, savol-javob o'tkaziladi. Ma'ruza
davomida ayrim muammolarni o'rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig'ida bu muammoga
talaba-o'quvchilarning munosabatini aniqlaydi, ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir
fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Uning fikri diqqat bilan tinglanadi. Ammo uni
tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlari tinglanadi. Bu holat ma'ruzaga nisbatan
bo'lgan munosabatni ijobiy tomonga o'zgartiradi, ma'ruzaga befarq qaramaslikka
sabab bo'ladi. Talaba-o'quvchilarni suhbatga tortish 5 minut davom etadi.
Ma'ruzachi talaba-o'quvchilarning qiziqish, intilish, mas'uliyati oshib borishni
kuzatib boradi. Ma'ruzani davom ettiradi va shu hol takrorlanadi. Shu davr ichida
doimo faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar ma'ruzachining tayanchiga
aylanadi. Ma'ruza davomida mavzuni sekin-asta talaba-o'quvchining kundalik
faoliyatiga bog'lash boshlanadi, asta-sekin ularga ham qisqa munozaralar asosida
javob topiladi. Shu holda kechgan ma'ruzalarda talaba-o'quvchilar vaqt qanday o'tib
ketganini bilmay qoladilar. Ma'ruzaning yana davom etishini xohlab, befarqlik o'rnini
hushyorlik, ichki intilish, echim qidirish egallaydi, o'zlari ham echimni topishda
shaxsan ishtirok etishga hissa qo'shishga intiladilar. Bunday ma'ruzalar har ikki
tomonning o'zaro faolligini oshiradi. Navbatdagi munozaralarga chorlaydi. Talaba-
o'quvchilar bunday ma'ruzada ishtirok etar ekanlar, qolgan ma'ruzalar yana davom
etishini ustozi bilan yana qachon uchrashishlarini istab qoladilar.
Noverbal vositalar. Noverbal vositalari mimika, qo'l, gavda harakatlari orqali
biror ma'no-mazmunni ifodalash yoki ta'kidlashdan iborat. Noverbal vositalar jiddiy
ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'rnini boshqa narsa bosa olmaydi. Insonning har bir
harakati ma'lum ma'noga ega bo'lib, bu harakatlarni turli xalqlarda turlicha
tushuniladi. Bu harakatlarni noverbal nutq deb nomlash qabul qilingan. Noverbal
nutq insonning u yoki bu muskullari harakati, shu jumladan, uning fikrlashi ham
undagi ma'lum muskullar harakatidan iborat ekanligini eslatib o'tish maqsadga
muvofiq. Bir imo-ishora qilib qo'yishning ta'siri gapirgandan ko'ra kuchli bo'lishi
hech kimga sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: