Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


 3. Talabalarni nazariy tayyorlashga yo'naltirilgan ta'limning tashkiliy



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

            14. 3. Talabalarni nazariy tayyorlashga yo'naltirilgan ta'limning tashkiliy 

shakllari. 

Ma‘ruza

  –  bilim  berishning  shunday  shakliki,  unda  pedagog  (o‘qituvchi) 

tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalar talabalarga yoppasiga bayon 

etiladi.  Ma‗ruza    -  o‘quv  jarayonining  ilg‘or  usullaridan  biri  bo‘lib,  dastlab  u  o‘rta 

asrlarda  biron  bir  kitobni  o‘qish  yoki  uni  izohlash  yo‘li  bilan  namoyon  bo‘lgan. 

Jamiyat  rivojlanishi  maboynida  og‘zaki  tushuntirishning  bu  usuli  XVIII  asrda  lotin 

tilida  amalga  oshirildi.  XVIII  asr  o‘rtalariga  kelib  ma‗ruzalar  rus  tilida  o‘qiy 

boshlandi. Uning ilg‘or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir. 

Fanlar  bo‘yicha  ma‗ruzada  hal  qilinadigan  asosiy  vazifalar  quyidagilardan 

iborat: 


- ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi; 

- talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi; 

-  o‘quv  faoliyati  va  o‘quv  mashg‘ulotlarining  barcha  turlari  orasidagi  metodik 

aloqalar  ko‘rsatiladi.  Didaktik  maqsadiga  (yo‘nalganligiga)  ko‘ra  kirish,  tematik  va 

umumiy – yakuniy ma‗ruzalar farqlanadi.  

 

Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u 



bolalarni  o‘qitish,  tarbiyalash  va  kamol  toptirish  vazifalarini  amalga  oshiradi.  Dars 

o‘qitishni  tashkil  etishning  o‘zgarmas  shakli  emas.  O‘quv  amaliyoti  va  pedagogik 

tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi. Bu soxada ko‘pgina islohatlar 

amalga oshirilmoqda. 

 

Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy 



didaktik talablarga javob berishi lozim: 

 

1.  Har  bir  dars  ma‗lum  bir  maqsadni  amalga  oshirishga  qaratilgan  va  puxta 



rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. 

 

2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘log‘i lozim. 



 

3.  Har  bir  dars  turmush  bilan,  amaliyot  bilan  bog‘langan  bo‘lmog‘i, 

shuningdek  xilma  xil  usul,  uslub  va  vositalardan  unumli  foydalangan  holda  olib 

borilmog‘i lozim. 

 

4.  Darsga  ajratilgan  har  bir  soat  va  daqiqalarni  tejab,  undan  unumli 



foydalanmoq zarur. 

 

5. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta‗minlamog‘i lozim.  




 

6.  Darsda  o‘quv  materialining  mazmuniga  oid  ko‘rsatmali  qurollar,  texnik 

vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.  

 

7.  Darsda  har  bir  o‘quvchining  individual  xususiyatlarini  ham  hisobga  olish 



maqsadga muvofiqdir. 

 

Ta‗lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilar: 



Yangi bilimlarni bayon qilish darsi (ma‗ruza). 

O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi. 

O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash darsi. 

Takrorlash – umumlashtiruvchi va kirish darslari.  

Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birga qo‘llanishi). 

Har  bir  dars  turining  ma‗lum  tuzilishi  va  xususiyatlari  bor,  bu  narsa 

o‘qituvchining o‘quv materialini to‘g‘ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda 

qoldirishga,  takrorlashga  va  uning  o‘zlashtirishini  nazorat  qilib  borishiga  yordam 

beradi.  Maktablarimizda  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  dars  turlaridan  biri  –  yangi 

bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi: 

        a) yangi bilimlarni bayon qilish; 

        b) yangi bilimlarni mustahkamlash; 

        v) yangi bilimlar ustida ishlash; 

        g) yangi bilimlarga bog‘liq holda uy vazifalari topshirish. 

Demak,  dars  boshdan  –  oyoq  bir  dars  turi  bilan  olib  borilmaydi,  balki  shu 

darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (savol-javob), yangi 

bilimlar  ustida  mashq  o‘tkazish  (masala  va  misollar  yechdirish,  grafik  ishlari  olib 

borish),  uyga  vazifa  (boshqa  bir  dars  elementi-tushuntirish,  yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatish 

va h. k) kabi boshqa elementlarning bo‘lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan 

ko‘zlangan  maqsad  o‘quvchilarga  yangi  bilim  berishga  qaratilgan  bo‘lsa,  butun 

didaktik usullar shunga buysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim 

berish darsi deb ataladi. 

Dars  tuzilishi  u  yoki  bu  dars  turining  tuzilishini,  uning  qismlarini  anglatadi. 

Biroq,  dars  turlari  tuzilishidagi  har  qanday  qism  –  didaktik  usul,  dars  tuzilishi 

bo‘lavermaydi. U o‘qitish usuli bilan bog‘langandagina dars tuzilishini tashkil qiladi. 

Ya‗ni  dars  tuzilishining  o‘zgarishi  bilanoq  dars  olib  borish  usuli  ham  o‘zgaradi.  

Darsning tuzilishi qo‘yilgan maqsadlarga, o‘rganilayotgan materialning mazmuniga, 

ta‗limning darsda qo‘llanadigan metodlari va usullariga, o‘quvchilarning tayyorgarlik 

va kamolat darajasiga, darsning o‘quv jarayonidagi o‘rniga bog‘liqdir. 

Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o‘tishi va shu orqali darsning shakli hamda 

usullarining  o‘zgarishi  dars  bosqichi  deb  yuritiladi.  Masalan,  aralash  dars  turining 

tuzilishi: 

uy vazifalarini so‘rash, tekshirib ko‘rish; 

yangi materiallarni bayon qilish; 

yangi materiallarni mustahkamlash; 

uy vazifalarini topshirishni o‘z ichiga oladi. Bunda:  

a)  uy  vazifalarini  ko‘rish  suhbat  (savol-javob),  misol  va  masalalar  ishlatish 

yo‘li  bilan  olib  borilishi  mumkin.  Bu  dars  tuzilishining  birinchi  qismi,  darsning 

birinchi bosqichi; 

b)  yangi  materiallarni  bayon  qilish  jarayonida  o‘qituvchi  tushuntirish,  hikoya 

qilish,  maktab  ma‗ruzasi,  suhbat  kabi  usullardan  foydalanish  mumkin.  Bu  –  dars 

tuzilishining ikkinchi qismi, darsning ikkinchi bosqichi; 




v) yangi materiallarni mustahkamlash jarayonida suhbat, mashq qildirish, kitob 

bilan ishlash usullaridan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining uchinsi qismi, 

uchinchi bosqichi; 

g)  uy  vazifalarini  topshirish  jarayonida  tushuntirish.  Suhbat  usulidan 

foydalanish  mumkin.  Bu  –  dars  tuzilishini  to‘rtinchi  qismi,  darsning  to‘rtinchi 

bosqichidir.  Yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  dars  turlarining  hammasi  o‘z  tuzilishiga  ega 

bo‘lganidek, ma‗lum bosqichlarga ham ajraladi. 

Takroriy-umumlashtiruvchi  dars,  odatda,  dasturning  ma‗lum  bir  qismi  yoki  yirik 

mavzu o‘tib bo‘lganidan keyin o‘tkaziladi. Bunda o‘tilgan materiallarni takrorlash – 

qayta esga tushirish va mustahkamlash maqsadida o‘tilgan mavzularni qamrab olgan 

va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan savollar orqali umumlashtirish nazarda tutiladi. 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish