Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


 2. Ta'limni tashkillashtirish shakllarining mohiyati va mazmuni



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

        14. 2. Ta'limni tashkillashtirish shakllarining mohiyati va mazmuni.  

 

Ta‗lim  maskanlari  oldida  turgan  yangi  vazifalar  va  ehtiyojlar  o‘quvchi-



talabalarga beriladigan ta‗lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va 

yuqori  bosqichga  ko‘tarishni  talab  qiladi.  Har  bir  darsning  muvaffaqiyati  ko‘p 

jihatdan  mashg‘ulotni  to‘g‘ri  tashkil  etishga  bog‘liq.  Maktablarimizda  darsning 

boshlanish  davrini  -  darsning  tashkiliy  daqiqalari  deb  ataladi.  Biroq,  bu  dars 

shaklining  biror  bosqichi  yoki  tuzilishiga  kirmasligi  kerak.  Tashkiliy  daqiqada 

sinfning  tayyorgarligini  sinchiklab  kuzatish  muhimdir.  Tajribali  va  mahoratli 

o‘qituvchilar  fursatni  qo‘ldan  bermay,  o‘quvchilar  diqqatini  chalg‘itmay,  darhol  ish 

boshlab  yuboradilar.  Ayni  paytda  o‘qituvchi  oldida  ikki  vazifa  –  butun  sinf 

o‘quvchilari  diqqatini  o‘ziga  jalb  qilish  va  butun  sinf  o‘quvchilarini  tezlik  bilan 

mashg‘ulotga faol kirishishlarini ta‗minlash vazifalari turadi.  

 

Dars mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib o‘qtirish bilan 



boshlanadi.  Dars  yangi  materialni  bayon  qilishga  qaratilgan  bo‘lsa,  dars  mavzusi 

aytiladi.  Darsda  rejada  mo‘ljallangan  materialni  o‘tib  bo‘lingach,  u  albatta 

yakunlanishi,  xulosalar  chiqarilishi  kerak.  Shuningdek,  o‘qituvchi  darsni  ilg‘or 

pedagogik  texnologiyalar  asosida  olib  borishi,  turli  xil  ta‗lim  metodlaridan  unumli 

foydalanish  va  o‘quvchilarga  ko‘proq  muammoli  vaziyatlar  yaratish  orqali  ularga 

yangi materialni bayon qilishi dars sifatini oshiradi. 

 

Darsni  tashkil  etish  va  olib  borishdagi  bosh  maqsad  –  ta‗lim  jarayonining 



samaradorligini ta‗minlashdir. Buning uchun: 

a) o‘tilayotgan mavzudan ko‘zlangan maqsadni o‘qtirish bilan bir vaqtda, o‘quvchilar 

materialni  faol  idrok  qilishga  safarbar  etilgan  bo‘lishlari  kerak.  Ya‗ni  o‘qituvchi 

bayon qilayotgan mavzu o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o‘zlashtirishga 

intilishlarini ta‗minlamog‘i lozim; 

b) Ajratilgan vaqt ichida o‘qituvchi materiallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan 

bir  vaqtda,  o‘quvchilarni  ham,  albatta,  mavzuga  oid  mustaqil  ish  olib  borishlarini 

ta‗minlash  juda  muhimdir.  O‘qituvchi  darsda  mavzuni  bayon  qilish  davomida 




o‘quvchilarga  muammoli  vaziyat  tug‘diradigan  savollar  berib,  ularni  fikrlash  va 

izlanishga undasa o‘quvchilar ushbu materialni puxta o‘zlashtirib oladi. 

v) Bilimlarni bayon qilish jarayonida o‘quvchilar faolligi (og‘zaki, yozma mashqlar 

va laboratoriya-tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog‘i lozim. Bu o‘z 

navbatida,  o‘quvchilarning  oldindan  o‘zlashtirgan  bilimlarini  ham  ishga  tushirishga 

hizmat qiladi va to‘g‘ri baholash uchun katta imkoniyat tug‘diradi. 

g)  dars  jarayonida  o‘tilayotgan  o‘quv  materiallari  boshqa  fanlarning  aloqador 

mavzulari bilan bog‘lanishini ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. 

 

Darsda  o‘quv  –  tarbiya  ishlarining  barcha  komponentlari:  maqsad,  mazmun, 



vositalar, metodlar, tashkil etish va boshqarish faoliyati hamda uning hamma didaktik 

elementlari mujassamlangan deb hisoblash qabul qilingan. Shunga asosan o‘qituvchi 

dars  muammolariga  to‘g‘ri  yondoshishi  uchun  ta‗lim  jarayonining  asosiy 

komponentlarini  bilishi,  ularning  o‘zaro  bog‘liqligi  va  bir-biriga  ta‗sirini  tushunishi 

lozim.  Umuman  olganda,  sinfga  ham  reproduktiv,  ham  ijodiy  topshiriqlar  berish 

mumkin.    




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish