10.4.Kasbiy ta'lim mazmuni
Ta'lim jarayoni – o'zining mazmuni bilan bo'lajak mutaxassis shaxsini
shakllantirishga qaratilgan vazifani amalga oshiradi. Ta'lim sifatida bilimlar,
ko'nikmalar va malakalarning yig'indisini faoliyat va munosabatda o'zlashtirishga
qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir.
Ta'lim jarayoniga ilmiy yondashuvlar esa ta'lim mazmunini, bilimlar, malaka,
ko'nikmalar, qarashlar hamda e'tiqodlar, shuningdek, bilish nazariyasi kuchi, amaliy
tayyorgarliklar rivojlanishining muayyan darajasi – ta'lim tizimi yig'indisi
hisoblanadi. Ta'lim mustaqil tizim bo'lib, uning vazifalari – jamiyat a'zolarini
muntazam ravishda o'qitish va tarbiyalash orqali ularni ma'lum ilmiy boyliklar,
ko'nikma va malakalar hamda ahloq normalari bilan qurollantirishdir.
Ta'lim mazmunining mohiyati unga bo'lgan turli xil ko'rinishdagi yondashuvlar
bilan belgilanadi. Hozirgi davr ta'limi insonparvarlashtirish va ta'lim mazmunining
mohiyatini shaxsga yo'naltirilgan yondashuvini maydonga olib chiqdi. Bunday
yondashuv ta'lim mazmunini erkin tanlash imkoniyatini beradi. Shaxsga
yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirish jarayonida shaxsning ta'limiy, ma'naviy,
madaniy va hayotiy talablari qondiriladi. Eng muhimi shaxsga nisbatan
insonparvarlik munosabati namoyon bo'ladi, ta'limiy sharoitda o'qish individualligi va
mustaqil harakat qila olish imkoniyati shakllanadi. Jamiyat rivojlanishining har bir
bosqichida ta'lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo'ladi.
Ta'lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti
darajasiga mos ravishda o'zgarib turadi. Bunga misol qilib hozirgi davr talabiga mos
ravishda iqtisodchi-pedagog tayyorlashni olsak bo'ladi. Bo'lajak iqtisodchi-pedagog
mutaxassislik fanlari bilan birgalikda pedagogika, psixologiya, kasb ta'limi uslubi
fanlarini ham chuqur bilishi talab qilinadi. Ta'lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida
maydonga keladi va u o'zining boshlang'ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan,
ya'ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo'lgan talabni
qondiradi. Demak ta'lim mazmuni bo'lajak iqtisodchi-pedagoglarga iqtisodiy ta'lim,
iqtisodiy nazariya, iqtisodiy ma'lumot berish hisoblanadi.
Ta'lim mazmunini shakllantiruvchi tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin.
1.
Ta'lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi,
tamoyili. Bunda ta'lim mazmuniga zarur bo'lgan bilim, malaka va
ko'nikmalarni, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari
rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni
ko'zda tutiladi.
2.
O'qitishning mazmuniy jihatlarining yagonaligi tamoyili. Bu tamoyil o'quv
jarayonining aniq xususiyatlari, uning tamoyillari, ularni amalga oshirish
texnologiyalari va o'zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.
3.
Turli darajadagi ta'lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni
shakllantirish nazariy tasavvur, o'quv materiallari, ta'lim oluvchining shaxsi
kabi qismlarning muvofiqlash-tirilishini taqozo qiladi.
4.
Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning
umuminsoniy madaniyati, uning ma'naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol
ijodiy va amaliy o'zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi.
5.
Ta'lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy
bilimlarni jipslashtirish (integrasiyalash), uzviylik va fanlararo aloqalarni
o'rnatishni talab qiladi.
6.
Ta'lim mazmunini asosiy tashkil etuvchilar tuzilmasiga muvofiqligini
ta'minlash tamoyili. Ta'lim mazmunini tashkil etuvchilarga quyidagilar
kiradi:
1)
Shaxsning tabiat, jamiyat, tafakkur, texnika to'g'risidagi bilimlar tizimini
o'z ichiga oluvchi – kognitiv tajribasi.
Bu asosiy tashkil etuvchi hisoblanadi, chunki shaxs shakllanishining asosini
bilim tashkil etadi. Bilimlar borliqni, tabiat, jamiyat, tafakkurning
rivojlanish qonunlarini bilim natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlarning
asosiy funksiyasi dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy
faoliyatni ta'minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir.
2) Amaliy faoliyat tajribasi. Bunga asosan malaka va ko'nikmalarni
shakllantirish kiradi. Malaka va ko'nikmalar tashqi yoki amaliy, ichki yoki
intellektual bo'lishi mumkin. Malaka va ko'nikmalar barcha o'quv fanlari
uchun umumiy bo'lishi mumkin, har bir o'quv fani uchun o'ziga xos va
xarakterli bo'ladi. Malaka va ko'nikmalar muayyan faoliyat turining asosini
tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, mehnat, badiiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
qadriyatlarga yo'naltirilgan turlari bo'lishi mumkin.
3) Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolarni hal qilish va voqelikni ijodiy
qayta yaratishga tayyor bo'lishda namoyon bo'ladi.
4) Shaxs munosabatlari tajribasi. Bu asoslash – baholash, xissiylik, irodalilik
munosabatlari. Bu tajriba dunyoga, voqelikka, odamlarga baho berish
munosabatidaa namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |