Nazariyani amaliyot bilan bog'lab o'qitish prinsipi.
Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirish va uni amalda qo'llay olish, o'quv
materiallarini idrok qilish, anlash, shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish
kabi ruxiy operasiyalar bilan bog'liq holda bir butun jarayonni tashkil etadi.
O'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash
jarayonida boshlanadi. Keyinchali u laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarda davom
ettiriladi. Bu mashg'ulotlarda o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida tajriba sharoitid
olgan bilimlarining ishonarli ekanligini teshiradilar, mustahkamlaydilar va
chuqurlashtiradilar. Bilimlarni amalda qo'llash malakalarini hosil qiladilar.
Ishlab chiqarish ta'limi o'quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular
egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko'nikmalari
hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilimlarga ha aniqlik kiritib boriladi.
Beriladigan bilimlarning o'quvchilarga qo'yiladigan talablarga mosligi prinsipi.
Bunda ta'limning mazmuni, hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o'quvchilarinng
jismoniy rivoji, umumiy tayyorgarligi – saviyasi va imkoniyatlaiga loyiq bo'lishi
tushuniladi.
Moslik prinsipida ta'limning ikki tomoni e'tiborda tutiladi:
Ma'lum sinf uchun belgilangan o'quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi
shu sinf o'quvchilarinnng yosh xususiyatlariga mos bo'lishi;
Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o'quvchilarining saviyasiga
mos bo'lishi lozim.
Moslikning birinchi qoidasi osondan qiyinga qarab borishdir. O'tiladigan
materialning haddan tashqari engil bo'lishi bolalarning qiziqishini so'ndirganidek,
ularning bilimda olg'a qarab borishlarini ham ta'minlay olmaydi. Aksincha o'tiladigan
materiallar bolalar saviyasiga nisbatan og'ir, tushunish qiyin bo'lsa, qo'yilgan misol
va masalalar echish, hal qilishga o'quvchilarning qurbi etmasa, ularda o'z kuchiga
ishonmaslik kayfiyatlari tug'iladi.
Moslikning ikkinchi qoidasi ma'lumdan noma'lumga qarab borishdir. Bu
qoidaga amal qilishda o'quvchilarda avvaldan mavjud bo'lgan ilmiy bilim va
tajribalar zamirida yangi, hali o'quvchilarga ma'lum bo'lmagan ma'lumotlar bilan
qurollantirishni tushunmoq kerak.
Moslik qoidasining uchinchisi soddadan murakkabga qaab borishdir.
Ko'pincha biz tushunib etgan, o'zlashtirilgan hamma narsalar sodda, tushunib
etmagan, o'zlashtirilmagan narsalar esa murakkabdek ko'rinadi. Ta'limning sodda
bo'lishi u yoki bu materialning ortiqcha kuch sarflamay tushunib olinishidir.
O'quvchilar yaxshi tushungan, o'zlashtirgan bilimlarini yangi murakkab tushunchalar
bilan aniq va ravshan qilib bog'lay olishlari natijasida sodda vazifalarni, misol-
masalalarni bajara boib, murakkab materialni o'zlashtirish, murakkab bo'lgan
masalalarni ham echishga – hal qilishga hozirlanib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |