Ta'lim prinsiplari
– o'qituvchining faoliyatini va o'quvchilar tomonidan ilmiy
bilimlarning o'zlashtirilishi, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilishning asosiy
qonun va yo'l yo'riqlarini o'z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta'lim prinsiplari har
ikkala faoliyatni, ya'ni o'qituvchi va o'quvchi tomonidan o'z oldiga qo'yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan bir qancha talablarni
ham umumlashtirib beradi.
Ta'lim pinsiplari dastlab buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning
«Buyuk didaktika» asarida ta'riflab berilgan. Komenskiy didaktik prinsiplar deganda
quyidagilarni nazarda tutadi: 1) onglilik va aktivlik prinsipi; 2) ko'rsatmalilik
prinsipi; 3) izchillik va sistemalilik prinsipi; 4) mashq qilish, bilim va malakalarni
puxta egallash prinsipi.
Onglilik va aktivlik prinsipi ta'lim jarayonida o'quvchilarning passiv bo'lib,
materialni tushunmay, mexanik ravishda quruq yodlashini emas, balki bilim va
malakalarni faol ravishda anglab, chuqur va asosli bilib olishini taqozo qiladi.
Samarali ta'limning asosiy sharti narsa va hodisalarning mohiyatini bilib
olishdan iborat. Bu haqda Komenskiy quyidagicha yozadi: «…yoshlarga to'g'ri taelim
berish – bu har xil mualliflarning asarlaridan to'plangan so'zlar, iboralar, hikmatlar,
fikrlar yig'indisini bolaning miyasiga joylash degan gap emas, balki narsalarning
mohiyatini anglash qobiliyatini o'stirish demakdir…». O'quvchiga nimani
o'rgatishdan qat'iy nazar, bu narsa turmushda qanday naf keltirishi tushunilsa, bola
uni yaxshiroq anglab oladi.
Yan Amos Komenskiy ko'rsatmalilik prinsipini asoslab berib, uni ta'limning
oltin qoidasi deb atagan. U o'quvchi bilimlarni narsa va hodisalarni bevosita kuzatish
orqali, sezgilar vositasida bili olishi zarur deydi. Ta'lim jarayonida ko'rsatmalilik
prinsipini joriy etish uchun Komenskiy quyidagilarga amal qilish zarur deb
ko'rsatadi:
mavjud narsalarning o'zini ko'rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o'tkazish;
narsalarning modelini yoki nusxasini ko'rsatish;
narsa va hodisalar tasvirlangan sr'atlarni ko'rsatish.
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan 4 narsa talab qilinadi: 1) sof aqlga ega
bo'lish; 2) o'rganish zarur bo'lgan narsalarni ko'rish; 3) diqqatni to'ply olish; 4)
kuzatilishi lozim bo'lgan narsalarni ma'lum tartibda, ketma-ket ko'rsatish.
Komenskiyning fikricha, o'qitishda izchillik va sistemalilik prinsipi katta
ahamiyatga ega. Fan asoslarini izchil bayon etish va sistemali tarzda o'rgatish hozirgi
zamon didaktikasining ham muhim prinsipidir.
Izchillik va sistemalilik, avvalo, quyidagi masalalarda yaqqol ko'rinib turadi: o'quv
materialini mantiqqa xilof ish qilmasdan to'g'ri taqsimlab chiqish; o'qitishni nimadan
boshlash va unda ketma-ketlikka rioya qilish; yangi material bilan oldin o'tilganlarni
bir-biriga bog'lash, ta'lim bosqichlari o'rtasida uzviy bog'lanish bo'lishi kabilar.
Ta'lim izchil bo'lishi kerak, deganda Yan Amos Komenskiy, avvalo, o'qitish
vaqtida, ta'lim muddatida aniq tartib bo'lishini nazarda tutadi. So'ngra o'qitish
bolaning bilim darajasiga mos kelishi zarur, deb hisoblaydi. Komenskiy o'qitishni
bolalik chog'idan boshlab, etuklik davrigacha (24 yoshgacha) davom ettirish, o'quv
mashg'ulotlarini sinflarga aniq taqsimlab chiqish lozim, deganda ana shu talablarni
nazarda tutadi.
Komenskiy o'qitilayotgan bilimlarni etarli dalillar bilan asoslashni talab etadi.
Bilimlarni asosli o'rgatish – hamma narsaning sabalarini tushuntirib o'qitish
demakdir, ya'ni bir narsaning qanday hosil bo'lishini o'rgatibgina qolmasdan, balki
nima uchun uning boshqacha bo'lishi mumkin emasligini ham tushuntirish demakdir,
chunki biror narsani bilish – narsalarning zaruriy bog'lanishlarini anglashdan
iboratdir.
Ta'limda umumiydan xususiyga, osondan qiyinga, ma'lumdan noma'lumga,
yaqindan uzoqqa kabi qoidalarga amal qilish talab etiladi. O'qitishda faktlardan
xulosalarga, misollardan qoidalarga o'tish va shu faktlar hamda misollarni qoidalar
sistemasiga solib, umumlashtirib bermoq kerak, chunki aks holda ular bir-biriga
bog'lanmagan hodisalarning sistemasiz uyumidan iborat narsaga aylanadi.
Yan Amos Komenskiyning asarlarida mashq qilish, bilim va malakalarni puxta
egallash prinsipiga katta e'tibor beriladi. O'quvchilar egallagan bilimlarning to'laligi
faqat bilimlarni tushunib olishdangina iborat bo'lmay, shu bilan birga bilim va
malakalarni chuqur, asosli va puxta o'zlashtirishga, ularni amalda qo'llana bilishga
ham bog'liq. Takrorlash va mashqlarni sistematik ravishda bajarish ta'lim va tarbiya
vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Mashqlar va takrorlashlarsiz o'qitishni
tasavvur qilish qiyin. Mashqlar natijasida bola so'zarni quruq yodlab olmasligi, balki
narsa va hodisalarni tushunib olishi, bilimlarni o'zlashtirishi va amalda qo'llanishni
o'rganishi lozim. O'rgatmoqchi bo'lgan narsani bolaga amalda bajartirish lozim.
Teztez va ayniqsa mohirona uyushtirilgan mashqlar va takrorlashlarsiz bilim
mustahkam bo'lmaydi.
Mashqlar o'rtacha o'zlashtiradigan bolalarga moslab bajartirilishi lozim. Mashqlarni
butun ishni bajarishdan boshlamay, balki shu ishning elementlarini bajarishdan
boshlash lozim.
Hozirgi davrda ta'lim sistemasi bir oz takomillashgan va murakkablashgan.
Dastlab Komenskiy tomonidan ta'riflangan, yuqorida keltirilgan 4 ta prinsipga yana
quyidagi 5 ta prinsipni qo'shish mumkin:
Beriladigan bilimlarning ilmiy asoslangan bo'lishi;
Ta'lim va tarbiyaning birligi;
Nazariyani amaliyot bilan bog'lab o'qitish;
Beriladigan bilimlarning o'quvchilarga qo'yiladigan talablarga mosligi;
O'quvchilarnin individual xususiyatlarini hisobga olish.
Beriladigan bilimlarning ilmiy asoslanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: