Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «kasb ta'limi»


Ta'lim uslubiyotini loyihalash va ishlab chiqish tartibi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/99
Sana08.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#330676
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi oqituvchi nutq madaniyati

9.4.Ta'lim uslubiyotini loyihalash va ishlab chiqish tartibi. 

Dars  berishning  ob'ektiv  va  sub'ektiv  tomonlari  mavjud.  Uning  ob'ektiv 

tomoniga  fanning  predmeti,  shu  darsning  xususiyatlari,  mavzuning  mazmuni  kirsa, 

sub'ektiv  tomoni  shu  fanni  o'qituvchi  tomonidan  o'zlashtirishidir.  Undan  tashqari 

metodik  jihatdan  tayyorgarlik  natijasi  individual  metodik  prinsipi,  uslublar  va  uni 

o'quv tarbiya jarayonida qo'llash kabilarni ham o'z ichiga oladi.  

O'quv  jarayonini  tashkil  etish  va  dars  berish  uslubini  tanlaganda,  o'quv 

jarayonida  oliy  o'quv  yurtida  mutaxassis  tayyorlash  bilan  birga  yoshlarning 

dunyoqarashi  etuk,  ahloqiy  pok,  o'z  yurtining  vatanparvari  bo'lishini  hamda 

baynalminallik ruhini singdirish zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak. 

O'qituvchining  shaxsi  uning  psixologik  sifatlari,  nazariy  va  metodik  jihatdan 

tayyorgarlik darajasi, dars berish metodiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu uslubning o'zini 

darsda  qo'llash  turli  o'qituvchilarda  turlicha  natija  beradi.  Dars  berish  uslublarining 

samaradorligi  haqida  fikr  yuritilar  ekan,  o'qituvchining  shaxsiy  sifatlaridan  ilmiy 

uslubiy  tayyorgarligi  darajasini  ajratib  bo'lmaydi.  Dars  berishning  jarayon  sifatida 

ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarning birligi ko'riladi. 

Dars 

berishning 



ob'ektiv 

tomoniga 

o'qituvchiga 

bog'liq 


bo'lmagan 

o'rganilayotgan  fanning  mazmuni,  dars  o'tish  prinsiplari  kiradi.  Dars  berishning 

sub'ektiv tomonlariga esa: 

A) o'qituvchining shu fanni va uning mazmunini egallagani, bilimi darajasi. 

B)  o'qituvchining  uslubiy  tayyorgarligi,  metodikaning  qonun–qoidalarini 

qo'llay bilish darajasi. 

V)  har  bir  o'qituvchining  ta'lim–tarbiya  jarayonida  u  yoki  bu  uslubni 

qo'llashdagi individual xususiyatlari. 




Dars  berishda  pedagog  sub'ektiv  omil  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Ko'p  jihatdan 

talabalarni  o'zlashtirishi  o'qituvchining  dars  o'tishda  tanlangan  uslublariga  bog'liq. 

Har  bir o'qituvchi  o'zining individual  xususiyatlari bilan  takrorlanmasdir. Bu  albatta 

dars berishda katta rol o'ynaydi. 

Har bir o'qituvchi o'z qobiliyatini dars berishda namoyon qilar ekan, u ma'ruza 

va boshqa nutq so'zlarida o'ziga xoslik baxsh etadi. Ayrim paytlarda sub'ektiv tomon 

o'quv  jarayoniga  putur  etkazishi  ham  mumkin.  Ma'lum  bir  mavzuni  yoritishda 

o'qituvchi  o'zi  yaxshi  bilgan  yoki  o'zining  ilmiy  izlanishlari  bilan  bog'liq  bo'lgan, 

lekin shu mavzuga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lmagansavolga ko'p vaqt ajratib, qolgan 

savollarni  ko'rib  chiqish  uchun  vaqt  etmay  qolishi  mumkin.  Bu  mavzuni  bayon 

qilishdagi didaktikaning izchilliy prinsiplarini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun 

dars  o'tganda  muhim  vazifa  bu  sub'ektiv  jihatlar  albatta,  ob'ektiv  jihatlarga 

bo'ysunishi,  aynan  shu  fanning  mazmunini  ochib  berishga  xizmat  qilishi  kerak. 

Bunda albatta to'plangan metodik tajriba qo'l keladi. 

Har  bir  o'qituvchi  o'zida  quyidagi  psixologik  sifatlarni  hosil  qilishga  va 

rivojlanishiga harakat qilishi kerak. 

1. Auditoriyada  o'zini  erkin  tutish, o'zining dars berish imkoniyatiga ishonishi 

kerak. 


2.  O'qituvchi  gapirib  turib,  o'ylashni  bilishi  kerak.  Aynan  o'qituvchilik 

kasbining,  mehnatining  va  mahoratining  o'ziga  xosligi  ham  shundadir.  Dars  berish 

jarayonida fikrlash, o'ylash va gapirish jarayoni qo'shilib ketadi. 

3. O'qituvchining fikrlashi va shu vaqtning o'zida uni bayon qilishi auditoriyada 

yuz  beradi.  Shuning  uchun  o'qituvchi  unga  tikilib  turgan  ko'zlardan  qo'rqmasligi 

kerak.  Shu  bilan  birga  o'qituvchi  auditoriyadagi  talabalar  bilan  o'zaro  bog'liqlikni 

yo'qotmaslik xislatlarini ham o'zida tarbiyalashi kerak. 

4.  O'qituvchi  auditoriyada  o'tirgan  talabalarning  reaksiyasini,  uni  o'zgarishini 

to'g'ri  aniqlashi  uchun  katta  kuzatuvchanlik  qobiliyatiga  ega  bo'lishi  kerak. 

Auditoriyani psixologik holatini tez ilg'ashi kerak (tinchlik, shovqin va h.k.). 

O'qituvchi  bir  psixologik  holatdan  boshqa  holatga  oson  o'ta  olishi  kerak. 

O'qituvchining  imoni  komilligi,  ilmiy  dalillarni  asoslab  berishdagi  ishonchi,  uni 

fikrining  talabalarga  ta'siri  bir  necha  marotaba  oshiradi.  O'ziga  ishonish  esa 

predmetni chuqur bilish, har tomonlama bilimga ega bo'lish, o'z fikrini ilmiy asoslab 

berish qobiliyatiga ega bo'lishdan kelib chiqadi. 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish