Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment


  Qarang:  0 ‘zbek tilin in g  izohli luG ‘ati.  М.:  1981, Т.,  II,  308-bet



Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/335
Sana08.01.2022
Hajmi8,58 Mb.
#330075
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   335
Bog'liq
30 Менежмент N M Ziyavitdinova 2012 й Ўқув қўлланма

1  Qarang:  0 ‘zbek tilin in g  izohli luG ‘ati.  М.:  1981, Т.,  II,  308-bet.
2 0 ‘sh ajoyd a,  170-bet.
56


li  amalga  oshiriladi.  Funksiyalami  aniqlash,  ularning  mohiyatini 
ochish  va  o ‘rganish  boshqaruv jarayonini  to‘g ‘ri  tashkil  qilishning 
muhim shartidir. Funksiyalar faoliyat turlarini, subyektning boshqa­
rish obyektiga aniq ta’sir qilish y o ‘nalishlarini aks ettiradi.
G ‘arb  menejmentining  bugungi  zamonaviy  boshqarish 
funksiyalarini  tasniflashida,  eng  avvalo,  uning  quyidagi  asosiy 
(umumiy)  funksiyalariga  ustuvorlik  beriladi:  rejalashtirish;  tashkil 
qilish; tartibga  solish va muvofiqlashtirish; nazorat; motivatsiya.
Rejalashtirish
 —  boqarishning asosiy va dastlabki  funksiyasi- 
dir. Bunda boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish 
muddatlari  belgilanadi,  vazifalami  amalga  oshirish  usullari  ishlab 
chiqiladi.  Rejalashtirish  barcha  x o ‘jalik   strukturalari  strategiyasida 
o‘z  aksini  topadi  va korxonaning butun  ishi kelajakni  bashorat etish 
(prognozlash)  va  strategik  rejalar  asosida  ta’minlanadi.  Rejalashti­
rishning  umumiylik  xususiyati  shundaki,  bunda  har  bir  boshqaruv 
xodimi  o ‘zining  shaxsiy  ishini  rejalashtiradi,  o‘z  ish joyidagi  faoli­
yat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalami qanday bajarayotganini 
nazorat qilishni  uyushtiradi.
Tashkil  etish
  —   mazkur  funksiya  boshqaruv  obyekti 
doirasida  barcha  boshqariluvchi  va  boshqaruvchi  jarayonlarning 
uyushqoqligini  ta ’minlaydi.  Shu  nuqtai  nazardan tashkil  etish  ichki 
va  tashqi  shart-sharoitlaming  o ‘zgarib  turishiga  qarab,  amaldagi 
tizim  tarkibini  takomillashtirish  yoki  yangisini  tuzish  demakdir. 
Mazkur  funksiya  joriy  va  strategik  rejalaming  ijrosini  ta ’m inlash 
bo‘yicha dastlabki qadamdir.
Muvofiqlashtirish
  —   harakatlam ing  uzluksizligini  ta ’min- 
lovchi  menejmentning  muhim  funksiyasidir.  Muvofiqlashtirishning 
maqsadi  —   tashkilotning  barcha  pog‘onalari  o ‘rtasida  optimal 
aloqalami  o ‘matish  vositasida  hamma  bo‘limlaming  muvofiq 
ishlashini  ta ’minlash.  Bunda  intervyu,  hisobotlar,  majlislar, 
komputer  aloqalari,  radio  va  televidenie  vositalari  keng  m iqyosda 
foydalaniladi.
Tartibga solish
 muvofiqlashtirishning mantiqiy davomi b o ‘lib, 
u  sodir bo‘lib turadigan  og‘ishlarni  bartaraf qilish  yo‘li  bilan  ishlab
57


chiqarish  jarayonlarini  am alga  oshirishni  maqsad  qilib  qo‘yadi. 
Uning yordami  bilan  vujudga  kelishi  ehtimol  tutilgan  og‘ishlarning 
oldi  olinadi.
Nazorat
  funksiyasining  vazifasi  ish  natijalarini  miqdoriy  va 
sifat jihatdan  baholash  va  hisobga  olishdir.  Uning  asosiy  dastaklari
—  kuzatish, tekshirish, hisob va tahlil. Nazorat teskari aloqa elementi 
sifatida  namoyon  boMadi. Nazorat ma’lumotlari  asosida qabul  qilin­
gan qarorlarga, rejalarga, norma vanormativlargatuzatishlar kiritiladi.
Motivatsiya
  —   ishlovchilami  keng  demokratik  asosda 
faollashtirish, ulami ko‘z!angan maqsadlarga erishish uchun samarali 
m ehnat  qilishga  undash  va  jalb  qilish  maqsadlariga  ega.  Buning 
uchun  ishlovchilami turli xil moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishlar 
jo riy   etiladi,  ijodiy  salohiyatni  namoyon  etish  va  ishlovchilarning 
saviyasini  rivojlantirish uchun  sharoitlar yaratiladi.
Boshqarishni  uzluksiz  o ‘zaro  bog‘liq  boshqarish  funksiyalari 
to ‘plami 
sifatida 
qarash 
jarayonli 
yondashishga 
taalluqli. 
Boshqarishning bu funksiyalari  boshqaruvning  barcha bo‘g ‘inlarida 
va  hamma  bosqichlarida  quyidagi  izchillikda  amalga  oshiriladi 
(4.1-chizma).
4 .1 -c h iz m a .  B o sh q a rish   f u n k ts iy a la r in i  am alg a  o shirish.
Demak,  boshqarish  rejalashtirishdan  boshlanib,  faoliyatni 
tashkil  qilish,  uni  rag‘batlantirish  bilan  tugaydi.  Bu  yerda 
muvofiqlashtirish  barcha  funksiyalar jarayonida  o ‘z  aksini  topadi. 
Bu  funksiyalar  boshqaruvning  hamma  bosqichlariga  xos  boMgan 
umumiy  xususiyatlarga  ega  boMib,  boshqaruv  apparatining  barcha 
rahbarlari  va  mutaxassislari  faoliyatida  mavjud  boMadi.  Ularni, 
boshqaruvning  hamma  tomonlarini  qamragan  funksiyalar  deyish 
ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo‘yiga (vertikal), 
ham  eniga (gorizontal)  qamrab oladi.

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish