industryasi tovarlarini sotib olishga ơz daromadining 10%, AQSh aholisi esa
ơz daromadining 5% sarflayotgan ekan. Agar moda iqtisodiyotiga estetik va
mamlakatlarning fuqarolari ơz oilalari byudjetining 40%ni moda mahsulotlarini
moda iqtisodiyoti iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini orqada qoldirgan tarzda
23
rivojlanayapti. Bu tendentsiya hayot darajasining ơsishi va ơzini ifodalashga
bơlgan intilishning erkinlashuvini kơrsatadi.
Haute Couture va pret-a-porter kollektsiyalaridagi liboslarni keskin
farqlash zarur. Dunyo moda korporatsiyalari “Vogue” kabi jurnallar
sahifalarida kundalik hayot uchun mơljallangan kollektsiyalarni emas, balki
asosiy yơnalishlar va tendentsiyalarni namoyish qilib boradilar.
Moda kiyim bozori narhlar shkalasi bơyicha ikki guruhga bơlinadi: Pret-a-
porter va Couture. Bu ikki tushuncha nihoyatda kengdir. Sodda qilib aytsak,
birinchisi tayyor libos bơlib, u “har kunga mơljallangan” yoki uni mass market
deb ham atashadi. Couture esa faqat buyurtma asosida tikilgan, nihoyat, Haute
Couturening bir qismi sifatidagi va eng asosiysi tantanali vaziyatlar uchun
tikilgan libosdir. “Pret-a-porter” kollektsiyasidan farqli ravishda yuksak moda -
Couture standart razmerlar bilan emas, balki millimetrlar bilan ish kơradi.
Libos buyurtmachi tanasida yaratiladi, birorta detal ham osilib yoki qiyshiq
turishi mumkin emas.
Dunyoga mashhur dizaynerlar ishlaydigan Modalar Uylari tomonidan
yaratiladigan buyumlar bir nechta kategoriyalarga bơlinadi. Ularning eng
eksklyuzivi - Haute Couture. Bu buyumlarni kutyurlarning shaxsan ơzlari bu
yurtmaga kơra faqat yagona nushada tikishadi. Yuksak moda haftaliklari va
pret-a-porter moda haftaliklari har hil vaqtda ơtkazilishi jiddiy nazorat qilinadi .
Vaholanki, kollektsiyalarni bir hil Moda Uylari(Shanel ,Dior,Jivanshi,Lakrua va
boshqalar.) taqdim qilayotgan bơlsa-da, ular bir-biriga aralashtirilmaydi. Haute
Couture namoyishlarida faqat boy-badavlat, dunyoga mashhur, 100ming
dollardan ortiq baholanadigan libos sotib olish imkoniyatiga ega bơlgan kishilar
qatnashishi mumkin.
“Haute Couture”dan sơng “Couture” darajasidagi buyumlar keladi. Bu
Moda Uylari ham mijoz ơlchamlari asosida yagona nushada libos tikishadi,
ammo ular“Haute Couture” modalar uyining boshqa talablariga javob bera
olmaydilar, shuning uchun oddiy qilib “Couture” deb ataladi. Bu guruhga
kiritilgan libos tikuvchi-kutyurening individual ijodiy eskizlari asosida tikilib,
mijoz figurasida “ideal tarzda turadi”. Bunday libosning yarmini qơlda tikish
mumkin. U tikuvchi tomonidan yuqori sifatli, qimmatbaho matolardan odatda
buyurtmachining shaxsiy ơlchamlari asosida tikiladi. Bunday libosning ham buyu
rtmachi xohishiga qarab nushalari cheklangan bơladi.
Amerika va Evropada Couture guruhidagi liboslarni badavlat, ta'minlangan
insonlar kiyishadi ( bular yuqori darajadagi rahbarlar, siyosiy arboblar, mashhur
kishilar hamda modani qadrlovchi, ijodkor odamlardir). Ular bu darajada kơp
mablağni nima uchun sarflashganini juda yaxshi bilishadi. Couture tomonidan
professional darajada tayyorlangan libos omad yoki iqtidor, alohida ijtimoiy
maqomning ramzi bơlib, u uning egasi haqida ma'lumot berishi mumkin.
Ta'kidlash zarur, biz bu ơrinda vintaj kutyure haqida fikr yuritmayapmiz.
Couturedan sơng pret-a-porter de lux guruhiga xos liboslar keladi. Pret-a-porte
delyuks (pret-a-porterning fransuzchadan sơzma sơz tarjimasi – “kiyish uchun
tayyor” ma'nosini beradi) – yoqori sifatli buyumlardir.
24
Bu yuqori sifatli matolardan tikilgan va oz seriyada chiqarilgan libosdir. Bu
modellar modalar salonida yaratilmaydi. Oldin ular confection (tayyor kơylak)
deb atalgan; ularda joriy vaqtning modasi aniq kơzga tashlangan, chunki bu
dizayner fantaziyasi emas, balki “xalq ichiga kirishga” mơljallangan real modellar
bơlgan. Evropa va Amerikada pret-a-porter de lux guruhiga kiruvchi
liboslarni ơrta sinfning yaxshigina daromadlarga ega bơlgan vakillari
kiyishadi, ya'ni bular ơrta tabaqaga xos rahbarlar va ularning oila a'zolari. Bu
liboslardagi eksklyuzivlik faqat lyuks bozoriga xosdir. Ommaviy bozorda hech
qanday eksklyuzivlikka ơrin yơq. Lyuks guruhiga mansub modellarni deyarli
qalbakilashtirib bơlmaydi.
Pret-a-porter kollektsya larida dizaynerlar keng ommaviy kiyishga mơljallangan
modellarni taqdim etadilar. Bu guruh kollektsiyalari ham ơzining yuqori sifati
bilan va aktual moda yangiliklarini ơzlarida aks ettirishi bilan alohida e'tiborga
loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: