ơzgartirishlar kiritish jarayonidir. Nazorat marketing boshqaruvi bosqichini
tugallaydi va bir vaqtning ơzida marketing faoliya tini rejalashtirishning yangi
bosqichini boshlashga imkon yaratadi. Shuningdek, marketing faoliyatining kuchli
va kuchsiz tomonlarini aniqlash, marketing rejasining bajarilish darajasini tahlil
qilish, kelgusi rejalashtirilayotgan davrga marketing faoliyati strategiyasi va
Nazorat natijalari bơyicha marketing faoliyatiga ơzgartirishlar kiritiladi.
holatni ijobiy tomonga ơzgartirish uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Agar
sotilgan tovar kutilganidan kơp bơlsa, bu holda ham uning sababi aniqlanadi. Bu
holatda, tovarga mumkin qadar yuqoriroq narx belgilash zarurdir. Bu esa sotish
Kơpchilik hollarda marketing nazoratining tơrtta turi kơrsatib ơtiladi.
Masalan, E.P. Golubkovning “Osnovi marketinga” darsligida (E.P. Golubkov.
Osnovi marketinga. M.: Izdatelstvo “Finpress”, 1999) ham aynan marketing
marketing nazoratining turlarini va ularning tavsifini keltiramiz.
boğliq tahlil ishlari ơtkaziladi.
17
Sotuv hajmi tahlili har bir tovarning ma'lum bir bozorda haqiqatda qancha
sotilganligi va bu borada kơzda tutilgan maqsadga erishilgan yoki
erishilmaganligini bilish uchun ơtkaziladi.
Bozor hissasi tahlili esa muayan korxonaning bozordagi boshqa
raqobatchilarga nisbatan egallagan ơrnini bilishga qaratilgan bơladi.
Marketing harakatlarining sotilgan tovarlar hajmiga nisbatini tahlil qilish
korxonaga marketing xarajatlarining samaradorligini baholash va xarajatlarning
qabul qilish mumkin bơlgan miqdorini belgilashga imkon beradi. Kơpincha
bunday tahlillar marketing harakatlarining har bir elementiga nisbatan qơllaniladi
(reklama xarajatlari, marketing tadqiqotlari xarajatlari, sotishga bơlgan xarajatlar
va boshqalar).
Moliyaviy tahlil sarflanayotgan mablağlarning qoplanishiga ta'sir etuvchi
omillarni ơrganishni maqsad qilib qơyadi. Umuman olganda, bu tahlil natijasida
korxonaning moliyaviy barqarorligini ta'minlashda marketing omillarining roli
aniqlanadi.
Iste'molchilar va bozorda faoliyat kơrsatuvchi boshqa sub'ektlar fikrlarining
tahlili mijozlar, dilerlar va boshqa marketing faoliyati ishtirokchilarining
korxonaga nisbatan munosabatlarining ơzgarishini kuzatishga asoslanadi. Buning
uchun sơrovlar, suhbatlar ơtkaziladi, oğzaki va yozma shikoyotlar qayd etilib,
tahlil qilinadi.
Foyda darajasi nazorati - har xil tovarlar, mintaqalar, iste'molchilar
guruhlari, tovar tarqatish kanallarining foydali ishlashini ta'minlash maqsadida
baholash va bu borada ơzgartirishlar kiritish bilan boğliq harakatlarni
mujassamlashtiradi. Bu nazorat turi har haftada, oyda yoki har kvartalda bir marta
ơtkaziladi va yillik reja nazoratining bir qismi hisoblanadi.
Samaradorlikni nazorat qilish. Korxonaning marketing faoliya tining
samaradorlik darajasini faqatgina qisqa davrdagi faoliyat natijasi bilan aniqlash
shart emas. Yuqori samaradorlik korxona ơzining marketing siyosatini strategik
masshtabda tơğri olib borganligi bilan ham tushuntiriladi. Shu sababli kơpgina
korxonalar vaqti-vaqti bilan birvarakayiga korxonaning marketing faoliyati
samaradorligini tanqidiy baholaydilar, ya 'ni marketing faoliyati bơyicha
strategik nazoratini amalga oshiradilar. Bu erda marketing auditi asosida atroflicha
baholashni ơtkazish katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing auditi deganda korxonaning butunlay va uning ayrim
sub'ektlarining maqsadi, strategiyasi va marketing faoliyatining ayrim turlarini
atroflicha, sistematik, hech kimga boğliq bơlmagan, xolisona tekshiruvini amalga
oshirish tushuniladi.
Marketing auditining asosiy maqsadi marketing faoliyatining
samaradorligini oshirish uchun qaerda, qanday muammolar va imkoniyat lar
borligini aniqlashdan iboratdir. Marketing auditi asosan ơzida tơrtta muhim
xususiyatlarni mujassamlantiradi. Bu xususiyatlar audit qamrab oladigan
marketing faoliyatining kengligi, nazoratning sistematik tarzda olib borilishi,
nazoratni ơtkazishda hech kimning monelik qilmasligi va nazoratning
doimiyligidadir.
18
Umuman olganda, marketing nazorati korxonaning raqobatbardoshligini
ta'minlashga va samarali faoliyat kơrsatishiga xizmat qiladigan muhim omillardan
biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: