Fokus-guruh
– ơrganiladigan muammoni atroflicha mahsus tanlangan
respondentlar tomonidan muhokama qilish va shu asosda qarorlar qabul qilish
tushuniladi. Kơpchilik hollarda fokus guruhining optimal soni 8-12 kishidan
iborat bơladi. Fokus-guruhni shaklllantirishda ularning ish faoliyati, yoki oilaviy
ahvollari bir xil bơlishiga e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan,
guruh qatnashchilarini tanlashda marketing tadqiqotlarini ơtkazishdan maqsad
nima ekanligini hisobga olish ham zarur hisoblanadi. Fokus-guruhning yutuği
kơp tomonlama, bu guruhni boshqaruvchisining bilimiga va samarali faoliyatiga
ham kơp darajada boğliq bơladi. Fokus-guruhning afzalligi unda ishtirok
etuvchilarning ơz fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olishi, muzokaralarda
buyurtmachining ham ishtirok etishiga sharoit mavjudligi va bu usulni turli
yơnalishlarda qơllash mumkinligidadir.
Sơrov
marketing tadqiqotlarini ơtkazishning universal usullaridan biri bơlib,
bunda axborotlar yetarli darajada kơp sonli respondentlar guruhining bevosita fikri
asosida tơplanadi. Sơrovlar oğzaki, pochta orqali savol-javob qilish, telefon orqali
sơrovlar tarzida ơtkazilishi mumkin.
Oğzaki sơrovlar boshqa sơrov turlariga qaraganda birmuncha ustunlikka ega,
chunki ular shaxsiy muloqotga asoslanadi. Firmalar va korxonalar insonlarning
bilimi, dunyoqarashi, iste'molchilarning qanday talablari mavjudligi,
kơrsatilayotgan xizmatlardan qoniqish darajasi va boshqa masalalarni bilish uchun
sơrovlar ơtkazadilar.
Sơrovlarni ơtkazishda sơrov varaqalarini ishlab chiqish eng qiyin va mas'uli tli
jarayon hisoblanadi. Sơrov varaqalaridagi savollarni tuzishda savollarning
axborotning eng muhim jihatlarini aks ettirishiga, savollarda ularga javob
berishning printsipial imkoniyati bơlishligiga, savollarning shakli sơraluvchilarda
16
javob bermaslik ishtiyoqini uyğotmaslikka, savollarning mazmuni
sơraluvchilarning tay
o
rgarligi, ma'lumoti, bilimlarining hajmiga mos kelishiga
alohida e'tibor qaratilishi lozim.
Pochta orqali savol-javob ơtkazish sa axborotni olishning nisbatan arzon usuli
hisoblanadi. Bu usul bilan axborot olishning kamchiligi shundan iboratki,
birinchidan, yuborilgan anketalarning qaytarilish darajasi juda past bơlsa
(taxminan 10-15 %), ikkinchidan, anketa javoblarini olish kơp vaqtni talab etadi.
Sơrov ơtkazishning eng tezkor va arzon usullaridan yana biri yuqorida
qayd etib ơtganimizdek, telefon orqali intervyular olish hisoblanadi. Bu usulning
qulayligi shundaki, berilgan savollarga 80-90 foiz javob olish mumkin bơladi. Bu
usulning kamchiligi esa, savollar sonining boshqa usullardagiga nisbatan
cheklanganligidir.
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari davomida olingan axborotlar
matematik-statistik yơl bilan tahlil qilinib, xulosalar shakllanadi va shu asosda
manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi.
Anketa sơrovlarining yakuniy bosqichi bơlib sơrov natijalari bơyicha
hisobotni tuzish va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Odatda, hisobot uch
bơlimdan tashkil topgan bơladi: kirish, sơrov natijalari, xulosalar va takliflar.
Do'stlaringiz bilan baham: |