Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 26
Grammatik ma’no muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalanadi. Ma’lum
grammatik ma’noni ifodalovchi moddiy vositalar grammatik shakl hisoblanadi.
Masalan, ko‘plik shakli, kelishik shakli va h.
Muayyan ma’no umumiyligi asosida birlashgan va o‘zaro zidlanuvchi shakllar
sistemasi grammatik kategoriya (GK) hisoblanadi. Zidlanish xususiyliklarning
o‘ziga xosligini va rivojlanish imkoniyatini ta’minlab turadi.
Grammatik kategoriyalar sintaktik xoslanish xususiyatiga ega. Ular gap va uning
tarkibidagi uzvlarni bog‘lash hamda sintaktik birlikni gap qilib shakllantirish
vazifasini bajaradi. SHuning uchun bunday grammatik kategoriyalar ikkiga
bo‘linadi: a) sintaktik birliklarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi (konnektiv)
kategoriyalar; b) sintaktik birlikni gap qilib shakllantiruvchi (konstitutiv)
kategoriyalar. Tilning grammatik qurilishida ma’no jihatdan zidlanuvchi
a’zolargina GKni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |