To‘g‘riqanotlilar turkumi.
To‘g‘riqanotlilarning oldingi qanotlari
uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpig‘ichga o‘xshab oldingi qa-
notlari ostida taxlanib turadi. Ularning og‘iz organlari kemi
ruv
chi,
orqa oyoqlari sakrovchi tiðda tuzilgan. To‘g‘ri
qanotlilar tuxumlarini
tuproqda maxsus ko‘zachaga qo‘yadi. Ularga chigirtkalar, temirchak-
lar, chirildoqlar kiradi. Ko‘pchilik turlarining ovoz chiqarish va
eshitish organlari bor. To‘g‘ri
qanotlilar – juda ochko‘z o‘txo‘r hay-
vonlar. Ayrim yillari chigirtkalar tez ko‘ pa
yib, juda katta gala hosil
qiladi. Bunday gala harakat qilganida yo‘lida uchraydigan hamma
o‘simliklarni yeb ketaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |