O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq imtiyozlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet417/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

428-modda. Soliq imtiyozlari
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya
manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular
ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga soliqdan ozod etiladi.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
madaniyat,  ta’lim,  sog‘liqni  saqlash  (bundan  turistik  zonalarda  joylashgan  sanatoriy-kurort
obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;
(428-modda  ikkinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  30-
dekabrdagi  O‘RQ-659-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
sport  va  jismoniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  majmualari,  o‘quv-mashq  bazalari  va  bolalar-
sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;
(428-modda  ikkinchi  qismining  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  30-
dekabrdagi  O‘RQ-659-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
shahar  elektr  transporti  yo‘llari  va  metropoliten  liniyalari,  shu  jumladan  jamoat  transporti
bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
aholi  punktlarining  suv  ta’minoti  va  kanalizatsiya  inshootlari  (magistral  suv  quvurlari,
vodoprovod  tarmoqlari,  kanalizatsiya  kollektorlari  va  ularning  inshootlari,  nasos  stansiyalari,  suv
olish  va  tozalash  inshootlari,  vodoprovod  va  kanalizatsiya  tarmoqlaridagi  kuzatish  quduqlari  va
dyukerlari,  suv  bosimi  hosil  qiladigan  minoralar  hamda  shunga  o‘xshash  inshootlar  egallagan
yerlar);
magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi,
drenaj)  stansiyalari,  issiq  suv  ta’minotining  issiqlikni  hisobga  olish  va  nazorat  qilish  asboblari,
isitkichlari, sirkulatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
ihota  o‘rmon  daraxtzorlari  egallagan  yerlar.  Ihota  o‘rmon  daraxtzorlari  jumlasiga  quyidagilar
kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan
taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
297/333
muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir
yo‘llar  va  avtomobil  yo‘llari  yoqalab  o‘tgan  ihota  mintaqalari;  cho‘l  va  chala  cho‘l  zonalaridagi
o‘rmonlar;  shahar  o‘rmonlari  va  o‘rmon-bog‘lari;  shaharlar,  boshqa  aholi  punktlari  va  sanoat
markazlarining  ko‘kalamzorlashtirilgan  zonalari  atrofidagi  o‘rmonlar;  suv  ta’minoti  manbalarini
sanitariya  jihatidan  muhofaza  qilish  zonalaridagi  o‘rmonlar;  kurort  tabiiy  hududlarni  sanitariya
jihatidan  muhofaza  qilish  tegrasidagi  o‘rmonlar;  alohida  qimmatga  ega  bo‘lgan  o‘rmonlar;  ilmiy
yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
suvni  tejaydigan  (tomchilatib,  yomg‘irlatib,  diskret  va  boshqa)  sug‘orish  texnologiyalari  joriy
etilgan  yerlar  —  suvni  tejaydigan  sug‘orish  texnologiyalari  joriy  etilgan  oyning  boshidan  e’tiboran
besh  yil  muddatga.  Ushbu  imtiyoz  suvdan  foydalanish  va  suv  iste’moli  sohasidagi  vakolatli
organning  xulosasi  asosida  beriladi.  Agarda  suvni  tejaydigan  sug‘orish  texnologiyalari  joriy  etilgan
oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan
bo‘lsa,  soliq  imtiyozi  butun  soliq  davri  uchun  soliqni  to‘lash  bo‘yicha  majburiyatlarning  tiklanishi
bilan bekor qilinadi;
(428-modda  ikkinchi  qismining  sakkizinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  30-
dekabrdagi  O‘RQ-659-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
qishloq  xo‘jaligi  maqsadlari  uchun  yangi  o‘zlashtirilayotgan  yerlar  —  vakolatli  organ
tomonidan  tasdiqlangan  loyihaga  muvofiq,  ularni  o‘zlashtirish  ishlari  bajariladigan  davrda  va  ular
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
melioratsiya  ishlari  amalga  oshirilayotgan  mavjud  sug‘oriladigan  yerlar  —  vakolatli  organ
tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
yangi  barpo  etilayotgan  bog‘lar,  tokzorlar  va  tutzorlar  egallagan  yerlar,  daraxtlarning  qator
oralaridan  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarini  ekish  uchun  foydalanilishidan  qat’i  nazar,  uch  yil  muddatga.
Kuzda  o‘tqazilgan  yangi  ko‘chatlar  uchun  beriladigan  soliq  imtiyozi  muddatini  hisoblab  chiqarish
keyingi  yilning  1-yanvaridan  e’tiboran  boshlanadi,  bahorda  o‘tqazilgan  ko‘chatlar  uchun  esa  joriy
soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi;
ilmiy  tashkilotlarning,  qishloq  xo‘jaligi  va  o‘rmon  xo‘jaligi  sohasidagi  ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari  hamda  o‘quv  yurtlariga  qarashli  tajriba,  eksperimental  va  o‘quv-tajriba  xo‘jaliklarining
bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik
bo‘lgan  yerlar  va  o‘rmon  fondining  yerlari.  Ushbu  bandga  muvofiq  ilmiy  tajribalar,  eksperimental
ishlar,  yangi  navlarning  seleksiyasi  o‘tkazilishi  uchun  hamda  mavzulari  tasdiqlangan  boshqa  ilmiy
va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari
soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
Ushbu  moddada  belgilangan  soliq  imtiyozlari  belgilangan  maqsadda  bevosita
foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish