(429-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,25 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
299/333
(429-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlar umumiy
sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq
to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik
shaxslar egallagan yerlar;
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va
radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele
aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan
kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa
inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar,
liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l
qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda
temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik
foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi
va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash
uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari,
fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi
uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
beshinchi qismi
yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ajratilgan yer
uchastkalariga tatbiq etiladi.
(429-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi
bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik
shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent balidan kelib
chiqkan holda to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik
shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet
balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik
tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki
baravari miqdorida to‘lanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
(429-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun mo‘ljallanmagan
inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq
yetishtirish (o‘stirish) uchun mo‘ljallangan sun’iy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga
11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
300/333
nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi
mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
(429-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son —
2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta
hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning
normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan
organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan
obyektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq
stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari
Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan
yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
(429-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil
1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari
Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi,
bundan ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(429-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli
Qonuniga
asosan
o‘n beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-
son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |