11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
298/333
Andijon viloyati
33,0
Buxoro viloyati
26,7
Jizzax viloyati
26,7
Qashqadaryo viloyati
26,7
Navoiy viloyati
26,7
Namangan viloyati
33,0
Samarqand viloyati
33,0
Surxondaryo viloyati
23,5
Sirdaryo viloyati
20,8
Toshkent viloyati
27,6
Farg‘ona viloyati
26,7
Xorazm viloyati
26,7
(429-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori
quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5
dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu
moddaning
birinchi qismida
belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab,
soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining
ikkinchi
xatboshisida
belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning
birinchi qismida
belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va
oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha
kesimida kiritadi.
(429-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq
stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer
uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi
soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun
yetkazishlari kerak.
(429-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-
son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi
ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: