O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq imtiyozlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

436-modda. Soliq imtiyozlari
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor
bo‘lgan,  uchala  darajadagi  Shuhrat  ordeni  bilan  taqdirlangan  fuqarolar.  Mazkur  imtiyoz
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va
Mehnat  Qahramoni  daftarchalari,  orden  daftarchasi  yoki  mudofaa  ishlari  bo‘limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  urush  nogironlari  va  qatnashchilari,  shuningdek  doirasi  qonunchilik  bilan  belgilanadigan
ularga  tenglashtirilgan  shaxslar.  Mazkur  imtiyoz  urush  nogironining  (qatnashchisining)  tegishli
guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi
asosida,  boshqa  nogironlarga  (qatnashchilarga)  esa  nogironning  (qatnashchining)  imtiyozlarga
bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
(436-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-
mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan
birga  alohida  uyda  yashovchi  pensionerlar  yolg‘iz  pensionerlar  deb  tushuniladi.  Mazkur  imtiyoz
pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p
bolali  oilalar  soliq  solish  maqsadida  boquvchisini  yo‘qotgan  ko‘p  bolali  oilalardir.  Ushbu  imtiyoz
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi
tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
(436-modda  birinchi  qismining  5-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  5-oktabrdagi  O‘RQ-
640-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son
— 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
303/333
6)  Chernobil  AESdagi  avariya  oqibatlarini  tugatishda  ishtirok  etganlik  uchun  imtiyozlar
oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar.
Mazkur  imtiyoz  tibbiy-mehnat  ekspert  komissiyasining  ma’lumotnomasi,  nogironligi  bo‘lgan
shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining
guvohnomasi,  shuningdek  vakolatli  organlar  tomonidan  berilgan  va  imtiyozlar  berish  uchun  asos
bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7)  energiya  resurslarining  amaldagi  tarmoqlaridan  to‘liq  uzib  qo‘yilgan  turar  joylarda  qayta
tiklanadigan  energiya  manbalaridan  foydalanuvchi  shaxslar  —  qayta  tiklanadigan  energiya
manbalari  o‘rnatilgan  oydan  e’tiboran  uch  yil  muddatga.  Mazkur  imtiyoz  energiya  resurslarining
amaldagi  tarmoqlaridan  to‘liq  uzib  qo‘yilgan  holda  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalaridan
foydalanish  to‘g‘risida  energiya  ta’minoti  tashkilotlari  tomonidan  berilgan  ma’lumotnoma  asosida
beriladi.
Ushbu  moddaning 
birinchi  qismida
  belgilangan  soliq  imtiyozlari,  bundan 
5-bandda
ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan
yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazishni  amalga  oshiruvchi  organda
ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining
tanlovi  bo‘yicha  faqat  bitta  yer  uchastkasiga  berilishi  mumkin,  bundan  ushbu  modda  birinchi
qismining 
7-bandida
 ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish
huquqini  tasdiqlovchi  hujjatlarini  yer  uchastkasi  joylashgan  yerdagi  soliq  organlariga  mustaqil
ravishda taqdim etadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish