O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq organlarining huquqlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

26-modda. Soliq organlarining huquqlari
Soliq organlari quyidagilarga haqli:
soliq  to‘lovchilardan  va  uchinchi  shaxslardan  soliqlarni  va  yig‘imlarni  hisoblab  chiqarish
hamda  to‘lash  uchun  zarur  bo‘lgan  hujjatlar  va  ma’lumotlarni  (axborotni),  shu  jumladan  elektron
tarzda taqdim etishini talab qilish;
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini
o‘tkazish;
hududni,  ishlab  chiqarish,  omborxona,  savdo  binolarini  va  boshqa  binolarni,  shu  jumladan
soliq  to‘lovchi  daromad  olish  uchun  foydalanadigan  yoki  soliq  solish  obyektlarini  saqlash  bilan
bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni  inventarizatsiya  qilish  va  bajarilgan  ishlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlarning  nazorat
o‘lchovlarini o‘tkazish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda  nazarda  tutilgan  hollarda  kassani  va  tovar-moddiy  boyliklar  hamda  hujjatlar
saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud
qarori bo‘yicha muhrlash;
(26-modda  birinchi  qismining  oltinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliqlarni  va  yig‘imlarni  hisoblab  chiqarish  bilan  bog‘liq  hujjatlarni  va  elektron  axborot
jismlarini olib qo‘yish;
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi
o‘zida  mavjud  axborot,  shuningdek  boshqa  shu  kabi  soliq  to‘lovchilar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar
asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq
to‘g‘risidagi  qonunchilikka  rioya  etilishi,  soliqlarni  hisoblab  chiqarishning  to‘g‘riligi,  to‘liqligi  va  o‘z
vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish;
(26-modda  birinchi  qismining  o‘n  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-
apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish;
soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib  chiqish  va  moliyaviy  sanksiyalar
qo‘llash;


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
13/333
soliq  huquqbuzarliklarining  aniqlangan  holatlari  bo‘yicha  tovar-moddiy  boyliklarni
belgilangan  tartibda  davlat  daromadiga  o‘tkazish.  Yuridik  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchilar  va  yakka
tartibdagi  tadbirkorlarning  tovar-moddiy  boyliklarini  davlat  daromadiga  o‘tkazish  sud  tartibida
amalga oshiriladi;
soliq  to‘lovchilarga  nisbatan  ular  tomonidan  noqonuniy  olingan  mablag‘larni  davlat
daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish;
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq  to‘lovchilarni  va  soliq  agentlarini  yozma  bildirish  asosida  soliq  organlariga  ular
tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq
ravishda,  shuningdek  ular  tomonidan  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikning  bajarilishi  bilan  bog‘liq
boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
(26-modda  birinchi  qismining  o‘n  yettinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-
apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchining yoki soliq agentining bankdagi
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qo‘yish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning
aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini nazorat
qilish;
(26-modda  birinchi  qismining  o‘n  to‘qqizinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-
apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
ushbu  Kodeksda  belgilangan  majburiyatlarning  banklar  tomonidan  bajarilishini  nazorat
qilish.
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish