11/19/21, 4:18 PM
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
14/333
Oldingi
tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid
huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni
tegishli davlat organlariga kiritishi;
(27-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi
kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa
axborotni o‘rganishi;
(27-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va
o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikning buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
topshirishi;
(27-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning
belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi;
soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi
yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;
ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi;
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini
hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda
statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi;
soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi
ma’lumotnomani berishi;
Oldingi
tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.
(27-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: