O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

29-modda. Soliq siri
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq sirini tashkil
etadi, quyidagilar bundan mustasno:
1)  hamma  foydalanishi  mumkin  bo‘lgan,  shu  jumladan  egasining  roziligi  bilan  shunday
foydalanish imkoni yaratilgan ma’lumotlar;
2) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3)  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilikning  buzilishlari  va  bu  qoidabuzarliklar  uchun  javobgarlik
choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(29-modda  birinchi  qismining  3-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4)  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  qo‘llaniladigan  soliq  rejimlari  va  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini
to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar;
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7) xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
8)  moliyaviy  hisobot  ma’lumotlari  bo‘yicha  daromadlar  va  xarajatlar  summalari  to‘g‘risidagi
ma’lumotlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  siri  davlat  organlari,  ularning  mansabdor  shaxslari,  jalb  etiladigan  mutaxassislar  va
ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar
mustasno.
(29-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq  sirini  oshkor  etish  jumlasiga,  xususan,  soliq  to‘lovchining  tijorat  sirini  (ishlab  chiqarish
sirini)  tashkil  etuvchi  va  davlat  organining  mansabdor  shaxsiga,  jalb  etilgan  mutaxassisga  yoki
ekspertga ular o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida ma’lum bo‘lib qolgan axborotdan foydalanish
yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi.
O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalariga  muvofiq  boshqa  davlatlarning  soliq
organlariga  yoki  boshqa  tegishli  organlariga  soliq  to‘lovchi  to‘g‘risida  so‘ralgan  ma’lumotlarni
taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
Davlat  organlariga  kelib  tushgan  soliq  sirini  tashkil  etuvchi  ma’lumotlar  maxsus  saqlash  va
foydalanish rejimiga ega.
Soliq  sirini  tashkil  etuvchi  ma’lumotlardan  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi
tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega.
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarning yo‘qotilishi yoki bunday
ma’lumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu  moddaning  qoidalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  tasarrufidagi,
soliq  to‘lovchilar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  kiritadigan  va  ularga  ishlov  beradigan  tashkilotlar
tomonidan  olingan  ma’lumotlarga,  shuningdek  mazkur  tashkilotlarning  xodimlariga  nisbatan
tatbiq etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish