O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

22-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
Soliq to‘lovchilar:
belgilangan  soliqlar  va  yig‘imlarni  o‘z  vaqtida  hamda  to‘liq  hajmda  hisoblab  chiqarishi  va
to‘lashi;
hujjatlarni  ko‘rib  chiqish  yoki  tushuntirishlar  berish  zaruriyati  to‘g‘risida  chaqiruv  xatini
olganida soliq organiga kelishi;
tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilishda  xaridorga  hisobvaraq-fakturalarni,  cheklarni  yoki
ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab
chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda
saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi;
soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  qonuniy  talablarini  bajarishi,  ko‘rsatilgan
organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
agar  ushbu  Kodeksda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  soliq  hisobotlarining  va
soliqlarni  hisoblab  chiqarish  hamda  to‘lash  uchun  zarur  bo‘lgan  boshqa  hujjatlarning  tegishli
soliqlarni  to‘lash  uchun  belgilangan  kalendar  yildan  keyingi  besh  yil  mobaynida  but  saqlanishini
ta’minlashi;
o‘zi  soliq  bo‘yicha  hisobga  olingan  joydagi  soliq  organlarini  O‘zbekiston  Respublikasi  yuridik
shaxslaridagi  va  chet  el  yuridik  shaxslaridagi  ishtiroki  to‘g‘risida,  agar  ustav  fondidagi  (ustav
kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.
Yuridik  shaxs  bo‘lgan  soliq  to‘lovchilar  ushbu  moddaning 
birinchi  qismida 
nazarda  tutilgan
majburiyatlardan  tashqari,  o‘zlari  hisobga  olingan  joydagi  soliq  organlariga  o‘zlarining  barcha
alohida  bo‘linmalari  to‘g‘risida  va  alohida  bo‘linmalarga  oid  ilgari  xabar  qilingan  ma’lumotlaridagi


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
10/333
o‘zgarishlar  to‘g‘risida  alohida  bo‘linma  tashkil  etilgan  yoki  mazkur  ma’lumotlar  o‘zgartirilgan
kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu  Kodeks  bilan  zimmasiga  soliq  hisobotini  elektron  shaklda  taqdim  etish  majburiyati
yuklatilgan  shaxslar  soliq  organlari  tomonidan  soliq  to‘g‘risidagi  qonunchilik  bilan  tartibga
solinadigan  munosabatlardagi  o‘z  vakolatlarini  amalga  oshirish  chog‘ida  foydalaniladigan
hujjatlarning  soliq  organidan  telekommunikatsiya  aloqa  tarmoqlari  orqali  elektron  shaklda
olinishini ta’minlashi kerak.
(22-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu  Kodeksga  muvofiq  soliq  solish  obyekti  deb  e’tirof  etiladigan  ko‘chmas  mulkka  ega
bo‘lgan  chet  el  yuridik  shaxslari  ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  majburiyatlardan  tashqari,
ko‘chmas  mulk  obyekti  turgan  joydagi  soliq  organiga  ushbu  chet  el  yuridik  shaxsining
ishtirokchilari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibda
xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda
o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet
el  yuridik  shaxsida  (yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  holdagi  chet  el  tuzilmasida)  ushbu  qismda
ko‘rsatilgan  bir  nechta  mol-mulk  obyekti  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,  ushbu  shaxs  tanloviga  ko‘ra,
xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan
soliqlar  to‘laydigan  soliq  to‘lovchilar  zimmasida  O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona  to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi.
Soliq  to‘lovchilarning  zimmasida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  majburiyatlar  ham
bo‘lishi mumkin.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish