O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

128-modda. Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish
Yuridik shaxslar o‘zlari joylashgan yerdagi va ularning alohida bo‘linmalari joylashgan yerdagi
soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.
Tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida bo‘linmalar kiradigan yuridik
shaxslar har bir alohida bo‘linma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda
aksiyadorlik  jamiyatlarining  aksiyalarini  sotib  oladigan  norezident  bo‘lgan  yuridik  shaxslar  birja
savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida yirik soliq
to‘lovchilarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.
O‘zbekiston  Respublikasida  faoliyatni  vakolatxona  yoki  doimiy  muassasa  orqali  amalga
oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga
qo‘yilishi lozim.
Jismoniy shaxslar o‘z yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.
Bundan  tashqari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk
joylashgan  yerdagi  soliq  organlarida,  shuningdek  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  boshqa
asoslarga ko‘ra hisobga qo‘yilishi lozim.
Ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  asoslarga  ko‘ra  soliq  organlarida  hisobga  qo‘yish  tartibi
ushbu Kodeksning 
129
 va 
130-moddalarida
 belgilanadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish