O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Yakka  tartibdagi  tadbirkor  bo‘lmagan  jismoniy  shaxsning  soliq  qarzini



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

125-modda.  Yakka  tartibdagi  tadbirkor  bo‘lmagan  jismoniy  shaxsning  soliq  qarzini
undirish
Agar  yakka  tartibdagi  tadbirkor  bo‘lmagan  jismoniy  shaxs  (bundan  buyon  ushbu  moddada
jismoniy  shaxs  deb  yuritiladi)  soliq  to‘lash  bo‘yicha  majburiyatlarini  belgilangan  muddatda
bajarmagan  bo‘lsa,  soliq  organi  soliq  qarzini  ushbu  jismoniy  shaxsning  mol-mulki  hisobidan
undirish to‘g‘risidagi ariza (bundan buyon ushbu moddada undirish to‘g‘risidagi ariza deb yuritiladi)
bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Undirish to‘g‘risidagi arizaga soliq organining talabnomani ta’minlash tartibida javobgarning
mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin.
Undirish  to‘g‘risidagi  arizaning  nusxasi  u  sudga  berilgan  kundan  kechiktirmay  soliq  organi
tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi.
Agar  jismoniy  shaxsning  soliq  qarzi  umumiy  summasi  bir  million  so‘mdan  oshsa,  undirish
to‘g‘risidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq  qarzini  jismoniy  shaxsning  mol-mulki  hisobidan  undirish  to‘g‘risidagi  ishlar
qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
88/333
(125-moddaning  beshinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonuniy  kuchga  kirgan  sud  qarori  asosida  soliq  qarzini  jismoniy  shaxsning  mol-mulki
hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(125-moddaning  oltinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan ushbu
ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi:
1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga;
2) naqd pul mablag‘lariga;
3)  boshqa  shaxslarga  shartnoma  bo‘yicha  egalik  qilishga,  foydalanishga,  tasarruf  etishga
berilgan  mol-mulkka,  ushbu  mol-mulkka  doir  mulk  huquqi  ularga  o‘tmagan  holda,  agar  soliq
majburiyati  ijrosini  ta’minlash  uchun  bunday  shartnomalar  bekor  qilingan  yoki  haqiqiy  emas  deb
topilgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4)  boshqa  mol-mulkka,  bundan  qonunchilikka  muvofiq  belgilanadigan  jismoniy  shaxsning
yoki  uning  oilasi  a’zolarining  kundalik  shaxsiy  foydalanishi  uchun  mo‘ljallangan  mol-mulk
mustasno.
(125-modda yettinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda ushbu moddaning 
yettinchi
qismida
 belgilangan ketma-ketlikni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq  qarzi  jismoniy  shaxsning  pul  mablag‘lari  ko‘rinishida  bo‘lmagan  mol-mulki  hisobidan
undirilgan  taqdirda,  soliq  qarzi  bunday  mol-mulk  realizatsiya  qilingan  va  undan  kelib  tushgan
summalar hisobidan to‘langan paytdan e’tiboran to‘langan deb hisoblanadi.
Mazkur  mol-mulk  xatlab  qo‘yilgan  kundan  e’tiboran  va  tushgan  summalar  budjet  tizimiga
o‘tkazilgan kunga qadar soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar hisoblanmaydi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish