O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhi  ishtirokchilarining  bank



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

122-modda.  Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhi  ishtirokchilarining  bank
hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hisobidan soliq qarzini undirish
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘i  yuzasidan  soliq
qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari
hisobidan undirishda ushbu Kodeksning 
124-moddasi
 qoidalari mazkur moddada nazarda tutilgan
xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda  solig‘i  yuzasidan  soliq
qarzini  to‘lash  to‘g‘risidagi  talabnoma  ushbu  Kodeksning 
116-moddasida
  belgilangan  tartibda
yuboriladi.  Bunday  talabnoma  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda
solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin yuboriladi.
Bank  hisobvaraqlaridagi  pul  mablag‘lari  hisobidan  soliq  qarzini  undirish  birinchi  navbatda
soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhi  mas’ul  ishtirokchisining  pul  mablag‘lari  hisobidan
amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi mas’ul ishtirokchisining bank hisobvaraqlarida
soliq  qarzining  butun  summasini  undirish  uchun  pul  mablag‘lari  yetarli  bo‘lmasa  yoki  umuman
bo‘lmasa,  undirilmay  qolgan  summani  undirish  ushbu  konsolidatsiyalashgan  guruh  qolgan
ishtirokchilarining banklardagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq  organi  soliq  to‘lovchilar  to‘g‘risidagi  o‘zida  mavjud  bo‘lgan  axborot  asosida  soliq
to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari
hisobiga  undirish  amalga  oshiriladigan  tarkibini,  shuningdek  oldingi  ishtirokchilarning  bankdagi
hisobvaraqlarida  pul  mablag‘lari  yetarli  bo‘lmagan  taqdirda,  ushbu  ishtirokchilardan  bunday
undirishning ketma-ketligini mustaqil ravishda belgilaydi.
Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  soliq  qarzi  ushbu  konsolidatsiyalashgan
guruh  ishtirokchilaridan  biri  tomonidan  uzilgan,  shu  jumladan  qisman  uzilgan  taqdirda,
ko‘rsatilgan soliq qarzini undirish tartib-taomili ushbu ishtirokchi tomonidan uzilgan qismi bo‘yicha
tugatiladi.
Soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  o‘ziga  nisbatan  undiruv  to‘g‘risida  qaror
chiqarilgan ishtirokchilariga soliq to‘lovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlar va
kafolatlar tatbiq etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish