136-modda. Soliq nazoratining shakllari
Soliq organlari soliq nazoratini:
1) soliq tekshiruvlari;
2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bojxona organlari tovarlarning O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib
o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarga nisbatan o‘z vakolatlari doirasida ushbu
Kodeksga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.
(136-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |