O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

131-modda. Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish
Soliq  to‘lovchini  hisobga  qo‘yish  soliq  solish  obyekti  joylashgan  yerdagi  soliq  organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq  to‘lovchini  obyektlar  bo‘yicha  hisobga  qo‘yish  u  ushbu  Kodeksning 
129-moddasida
belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq to‘lovchida
soliq  to‘lovchi  sifatida  hisobga  olinmagan  joydagi  yer  solig‘i,  mol-mulk  solig‘i,  suv  resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik
uchun soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hisobga  qo‘yilmagan  joyda  yer  solig‘ini,  mol-mulk  solig‘ini  yoki  suv  resurslaridan
foydalanganlik  uchun  soliqni  to‘lash  majburiyati  o‘zida  yuzaga  kelgan  soliq  to‘lovchi  mazkur
majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan
yerda  hisobga  qo‘yish  uchun  davlat  soliq  xizmati  organlariga  qonunchilikda  belgilangan  tartibda
murojaat  qilishi  kerak,  bundan  ushbu  Kodeks  133-moddasining 
uchinchi 
va 
beshinchi  qismlariga


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
93/333
muvofiq  soliq  organlariga  bunday  ma’lumotlarni  taqdim  etish  organlar,  muassasalar  va
tashkilotlarning majburiyati bo‘lgan hollar mustasno.
(131-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  14-sentabrdagi  O‘RQ-714-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son)
Hisobga  olinishi  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  mustaqil  ravishda  amalga
oshiriladigan  soliq  solinadigan  obyektlar  bo‘yicha  mol-mulk  solig‘i  va  yer  solig‘i  to‘lovchisi  bo‘lgan
jismoniy  shaxslarga  nisbatan  ushbu  moddaning 
uchinchi  qismida
  ko‘rsatilgan  majburiyat  tatbiq
etilmaydi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 ko‘rsatilgan majburiyat, shuningdek:
benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  gazni  oxirgi  iste’molchiga  realizatsiya  qilishda  to‘lanadigan  aksiz
solig‘ining soliq to‘lovchilariga;
hududiy  alohida  bo‘linma  joylashgan  yeri  bo‘yicha  xodimlar  soni  yigirma  besh  kishidan  ko‘p
bo‘lgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi.
Ushbu modda beshinchi qismining 
ikkinchi xatboshisida
  ko‘rsatilgan  soliq  to‘lovchi  aksizosti
mahsulotni  realizatsiya  qilish  boshlangan  paytdan  boshlab  o‘n  kun  ichida  avtomobillarga  yoqilg‘i
quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi soliq organiga aksiz solig‘i soliq to‘lovchisi sifatida hisobga
qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.
Ushbu  modda  beshinchi  qismining 
uchinchi  xatboshisida
  ko‘rsatilgan  soliq  agenti  alohida
bo‘linma tashkil etilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin o‘n kun ichida alohida bo‘linma joylashgan
yerdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchi soliq agenti sifatida
hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.
Soliq  organi  soliq  to‘lovchiga  ilgari  berilgan  soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqamiga
muvofiq  uni  murojaat  qilgan  kunidan  e’tiboran  uch  ish  kunidan  kechiktirmay  obyektning
joylashgan yeri bo‘yicha hisobga oladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish