3. Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
Maxsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning
maxsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga
keladigan barcha xarajatlari maxsulot tannarxiga kiritilmaydi.
Maxsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita
ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ularga kuyidagilar tegishli:
- bevosita moddiy xarajatlar;
- bevosita mehnat xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar. Bu xarajatlarning
ko‘pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko‘rinishlarda xisobga olib borish
va rejalashtirish mumkin. Ammo maxsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha
xarajatlarni birgalikda xisobga olish uchun ularni yagona o‘lchov birligiga - qiymat-pul
ko‘rinishiga keltirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |