9.1. Narxning iqtisodiy mohiyat va turlari
Narx muammosi va uning tashkil topishi mexanizmi iqtisodiy nazariyada eng
murakkab va asosiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida narx tizimi asosiy tashkiliy kuch
sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi tadbirkor uchun asosiy bir dastak hisoblanadi. U
narxga qarab o‘zining shaxsiy ehtiyojni qondirish yo‘lida harakat qiladi.
Sotuvchi va xaridorning, alohida ishlovchilarning, tadbirkorlarning, tarmoqlarning,
butun jamiyatning va davlatning iqtisodiy manfaatlari narxda aks ettirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |