Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo‘jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo
(eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha, vakolatli davlat
idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi.
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan
mushtarak orzu, niyat. Masalan, korxonaning bo‘lajak harakatlarni oldindan aniqlash,
pirovard natijani baholash va h.k.
Marketing – bozor holatini asosli o‘rganish va oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab
chiqish va sotishni tashkil etish hamda bozor iqtisodiyotining muhim unsuri.
85
Marketing menejmenti – bozordagi talab-taklifni o‘rganish, mahsulotni xaridorga
etkazish, qadoqlash, reklama kabi jarayonlarni boshqarish.